O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Ishda prokurorning ishtiroki



Download 356,97 Kb.
bet25/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171
Bog'liq
IPK

49-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.
Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
50-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organi va boshqa shaxsning o‘zi taqdim etgan da’vo arizasidan (arizadan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizasidan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi, 118-moddasining yettinchi qismi, 173-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish