281-modda. Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) qarorni, ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) qarorni, ajrimni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli.
(281-modda uchinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.03.00 Qarorlarni qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish]
35-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
282-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan, agar ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan to‘liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(282-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |