O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

299-modda. Arizaning mazmuni
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning)
yashash joyi;
farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi, uning
yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to‘g‘risidagi, aka-uka va opa-
singillari borligi yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to‘g‘risidagi iltimosini asoslovchi
holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga
tegishli o‘zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini,
ismini, otasining ismini, tug‘ilgan sanasini (ko‘pi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning
tug‘ilgan joyini (agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa) o‘zgartirish haqidagi, bolaning tug‘ilganlik
to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona)
sifatida qayd etish haqidagi iltimos.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
300-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka
oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin
oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning)
yashash (turgan) joyi noma’lum bo‘lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud
bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi
pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi
haqidagi ma’lumotnoma;
(300-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y.,
03/22/759/0213-son)
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (psixiatriya,
sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash
markazidan ma’lumotnomalar);
fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjat, bundan
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining 
ikkinchi — beshinchi xatboshilarida
nazarda tutilgan hollar mustasno;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma;
turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka
olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari


quyidagilar ilova qilinadi:
farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha
davlat vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy
xulosa;
o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek
familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning
(oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 
156-moddasida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda ikkinchi qismining 
uchinchi

to‘rtinchi
va 
beshinchi xatboshilarida
 ko‘rsatilgan
hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil
qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat
tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining
beshinchi xatboshisida 
ko‘rsatilgan hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida berilgan bo‘lsa,
legalizatsiya qilinishi yoki apostil qo‘yilishi hamda tarjima qilingan bo‘lishi to‘g‘risidagi talablar
ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlat
(bola O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar
qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega bo‘lsa, o‘sha davlat) vakolatli organining ularning yashash
sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi bo‘la olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi xulosasi, tegishli
davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur
davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining)
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan
bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi notarial
tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.
Chet el fuqarolari bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan
taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan
tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ushbu moddaning
birinchi
,
ikkinchi 
va 
to‘rtinchi qismlarida 
ko‘rsatilgan hujjatlar sudga ikki
nusxada taqdim etiladi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish