O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kelishuv bitimining mazmuni



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177
Bog'liq
kodeks

167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni 
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko„rsatilgan holda taraflar 
tomonidan kelishilgan shartlarni o„z ichiga olishi kerak. 
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo„yicha qabul qilingan 
majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga 
(harakatlarga) bog„liq qilib qo„yishi mumkin emas. 
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki 
bo„lib-bo„lib ijro etish to„g„risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish haqidagi, qarzdan to„liq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish 
to„g„risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid 
bo„lmagan boshqa shartlar bo„lishi mumkin. 


Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to„g„risidagi shart 
mavjud bo„lmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog„ida, 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi. 
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va 
imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo„shib qo„yiladi. 
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib 
chiqish 
Kelishuv bitimini tasdiqlash to„g„risidagi masala sud majlisida taraflar 
albatta ishtirok etgan holda ko„riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan 
tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud 
majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. 
Kelishuv bitimini tasdiqlash to„g„risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish 
tugatilganligi ko„rsatiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan 
tasdiqlangan taqdirda, ish bo„yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor 
qilinishi to„g„risida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi. 
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
yanvardagi O‘RQ-661-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son) 
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim 
ishni ko„rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash 
masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e‟tiboran o„n kunlik 
muddatda, ushbu moddaning
 birinchi qismida 
nazarda tutilgan qoidalar bo„yicha 
ko„rib chiqiladi. 
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash 
to„g„risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash 
haqidagi xulosa bo„lishi kerak. 
Kelishuv bitimini tasdiqlash to„g„risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi 
(protest keltirilishi) mumkin. 
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan 
tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi. 


Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda 
tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini 
tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa 
sudning tashabbusiga ko„ra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu 
Kodeks qoidalari bo„yicha majburiy ijro etilishi lozim. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish