O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177
Bog'liq
kodeks

158-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani 
topshirish muddati 
Sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga o„z vaqtida kelish 
va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega bo„lishini mo„ljallab topshirilishi 
yoki yetkazib berilishi kerak. 
159-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani 
yetkazib berish 
Sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga 
taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan ko„rsatilgan manzil 
bo„yicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga ma‟lum qilingan manzilda haqiqatda 
yashamasa, sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki 
o„qish joyiga yuborilishi mumkin. 
Sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali 
topshirilganligi to„g„risida tilxat olish yo„li bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali 
yuboriladi. 
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi 
shaxsning roziligi bilan unga ish bo„yicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga 
topshirish uchun sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani berishi 
mumkin. 
Sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish 
vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni 
olganligi to„g„risidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili 
ko„rsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma elektron 
hujjat tarzida yuborilishi mumkin. 
160-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani 
topshirish 
Fuqaroga sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma sudga 
qaytarilishi lozim bo„lgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini ko„rsatgan 
holda tilxat olib shaxsan topshiriladi. 
Tashkilot nomiga yo„llangan sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa 
xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi 
nusxasiga imzo qo„yadi. 


Agar sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs 
ish bo„yicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud o„qish joyida 
topmasa, sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan 
birga yashaydigan katta yoshdagi oila a‟zolarining biriga, bo„lmagan taqdirda esa, 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ma‟muriyatning 
mansabdor shaxsiga) yoxud o„quv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda 
sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs 
uning ikkinchi nusxasida o„zining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek 
sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi 
ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o„g„li, qizi va hokazo) yoki egallab turgan 
lavozimini ko„rsatishi shart. Sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani 
qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo„lishi bilan chaqiriluvchiga darhol 
topshirishi shart. 
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo„lsa, fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma‟muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud 
o„quv muassasasi sud chaqiruv qog„ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi 
nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi 
to„g„risidagi ma‟lumotlarni qayd etadi, bu ma‟lumotlar tegishincha imzo va muhr 
bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish