O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177
Bog'liq
kodeks

186-modda. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 
javobgarning sudga kelishi 
Sud alimentlar undirish to„g„risidagi ishlar bo„yicha javobgarning sudga 
kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan 
uzrsiz deb topilgan sabablarga ko„ra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda 
keltiriladi va ushbu Kodeksning 
146-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda jarimaga 
tortiladi. 
187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar 
undirish 
Alimentlar undirish to„g„risidagi ishlarni ko„rish vaqtida sud zarur bo„lgan 
taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini 
hisobga olib, er (xotin) o„z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha 
mablag„ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi 
biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag„ berib turishi kerakligi, shuningdek 
bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag„ 
berib turishi kerakligi to„g„risida ajrim chiqarishga haqli. 
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi. 
20-bob. Ish qo‘zg‘atish 
188-modda. Ariza berish 
Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron 
hujjat tarzida ariza berish yo„li bilan qo„zg„atiladi. 
189-modda. Arizaning mazmuni 
Arizada quyidagilar ko„rsatilishi kerak: 
1) ariza berilayotgan sudning nomi; 
2) da‟vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar 
da‟vogar tashkilot bo„lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda 
rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo„lsa, vakilning 
familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; 
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar 
javobgar tashkilot bo„lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda 
rekvizitlari; 
4) da‟vogarning talabi; 
5) agar da‟vo baholanishi kerak bo„lsa, da‟voning bahosi; 


6) da‟vogar o„z talabiga asos qilib ko„rsatayotgan holatlar va da‟vogar 
tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; 
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi 
to„g„risidagi ma‟lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan 
bo„lsa; 
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro„yxati. 
Ariza da‟vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil 
tomonidan berilgan bo„lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini 
tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. 
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat 
boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan 
arizada ushbu moddada sanab o„tilgan ma‟lumotlardan tashqari ariza kimning 
manfaatini ko„zlab berilgan bo„lsa, o„sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi 
(nomi) hamda manzili ko„rsatilishi kerak. 
Arizada da‟vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning 
telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko„rsatilishi mumkin. 
Arizada elektron manzili ko„rsatilganligi arizachining sud chaqiruv 
qog„ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda 
ajrimlarining ko„chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo„lgan 
roziligidir. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish