TASHKILIY HUJJATLAR R E J A: - USTAV
- NIZOM
- QOIDA
- GUVOHNOMA
- YO‘RIQNOMA
- SHARTNOMA
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, faoliyati, tarkibiy tarmoqlari, boshqaruv tizimi, xodimlarining huquq va majburiyatlari, ish jarayonini yo‘lga qo‘yish, tartibga solish va nazorat etishni ta’minlaydigan hujjatlardir. Ular xodim va tashkilot munosabatlarining, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlarini tartibga soladi. Ish faoliyatini tashkil etish, uning uzluksizligini va me’yoriyligini ta’minlash hamda nazorat qilishni belgilaydi. Ustav muayyan tashkiliy tuzilma (partiya, uyushma, AJ) davlat organi, tashkilot, muassasaning huquqiy maqomi, tashkiliy tuzilishi, faoliyat turlari va vazifalarini belgilovchi hujjatdir. Ustav biror organ yoki muassasa tashkil etilganda qabul qilinadi yoki tasdiqlanadi. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Nisbatan kichik tashkiliy tuzilma yoki xo‘jalik subyektlari faoliyati ustav vazifasidagi nizom bilan ham tartibga solinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |