O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
kodeks

103-modda. Sud topshiriqlari 
Ishni ko„rayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda to„plash 
zarur bo„lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga 
oshirishni topshiradi. 
Sud topshirig„i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko„rib chiqilayotgan 
ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo„lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud 
to„plashi lozim bo„lgan dalillar ko„rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yo„llangan 
bo„lsa, o„sha sud uchun majburiy bo„lib, o„n besh kunlik muddat ichida bajarilishi 
kerak. 
Sud topshirig„i axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi 
mumkin. 
104-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi 
Sud topshirig„ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko„ra 
sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti 
va joyi to„g„risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni 
bajarishga to„sqinlik qilmaydi. 
Sud topshirig„i tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular 
qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko„rsatuvlari, yozma va 
ashyoviy dalillarni ko„zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik 
ma‟lumotlar to„planishi mumkin. 
Bayonnomalar va sud topshirig„ini bajarishda to„plangan materiallar ishni 
ko„rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. 
Agar sud topshirig„ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko„rsatuvlar 
bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko„rib chiqayotgan 
sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko„rsatuvlar beradi. 
9-bob. Da’voni ta’minlash 
105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari 
Sud (sudya) da‟voni ta‟minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning arizasi yoki o„z tashabbusi bo„yicha ko„rishi mumkin. Agar da‟voni 
ta‟minlash choralarini ko„rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib 
bo„lmaydigan qilib qo„ysa, da‟voni ta‟minlashga yo„l qo„yiladi. 
Da‟voni ta‟minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo„l 
qo„yiladi. 


Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog„liq ishlarni ko„rib 
chiqayotganda sud (sudya) da‟voni ta‟minlash choralarini ko„rishi shart. 
Da‟voni ta‟minlash to„g„risidagi arizada da‟voni ta‟minlash choralarini 
ko„rish asoslari va zaruriyati ko„rsatilgan bo„lishi lozim. 
Hakamlik sudida ko„rib chiqilayotgan da‟voni ta‟minlash choralari 
hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko„ra, hakamlik sudi joylashgan 
yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki 
javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo„yicha sud tomonidan 
ko„rilishi mumkin. Da‟voni ta‟minlash to„g„risidagi arizaga da‟voning hakamlik 
sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. 
Hakamlik sudida ko„rib chiqilayotgan da‟voni ta‟minlash to„g„risidagi 
arizani fuqarolik ishlari bo„yicha sud tomonidan ko„rib chiqish va da‟voni 
ta‟minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish