O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177
Bog'liq
kodeks

38-bob. Umumiy qoidalar 
346-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, hakamlik sudining hal 
qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar 
Fuqarolik ishlari bo„yicha sud tomonidan ko„rib chiqiladigan, hakamlik 
sudining hal qiluv qarori bilan bog„liq ishlar jumlasiga: 
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to„g„risidagi; 
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro 
varaqalari berish haqidagi arizalar bo„yicha ishlar kiradi. 
347-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni 
ko‘rib chiqish tartibi 


Sudlar ushbu Kodeksning 
346-moddasida 
sanab o„tilgan ishlarni ushbu 
Kodeksning 
38 — 40-boblarida 
ko„rsatilgan istisno va qo„shimchalar bilan birga 
fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko„rib chiqadi. 
348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish 
Fuqarolik ishlari bo„yicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan 
bog„liq ish bo„yicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. 
39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish 
to‘g‘risidagi ishlarni yuritish 
349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish 
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo„yicha 
sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan 
e‟tiboran o„ttiz kun ichida fuqarolik ishlari bo„yicha sudga hakamlik sudining hal 
qiluv qarorini bekor qilish to„g„risida ariza berish yo„li bilan nizolashishi mumkin. 
Hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo„yicha sudga taalluqli nizoga doir 
hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal 
qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham 
nizolashishi mumkin. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza 
hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari 
bo„yicha sudga beriladi. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risida ariza 
berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni 
fuqarolik ishlari bo„yicha sud tomonidan nizo bo„yicha ish yuritish tugallanguniga 
qadar to„xtatib turadi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish