O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   177
Bog'liq
kodeks

350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish 
to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza yozma 
shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan 
nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan 
imzolanadi. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi arizada 
quyidagilar ko„rsatilgan bo„lishi kerak: 
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo„yicha sudning nomi; 


2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining 
nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri; 
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining 
ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil 
tomonidan berilayotgan bo„lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash 
joyi; 
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza bilan 
murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan 
hal qiluv qarorini olgan sana; 
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi talab va 
mazkur qaror qanday asoslar bo„yicha nizolashilayotganligi. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi arizada 
telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma‟lumotlar 
ko„rsatilishi mumkin. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi arizaga 
quyidagilar ilova qilinadi: 
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko„chirma nusxasi. 
Doimiy faoliyat ko„rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko„chirma nusxasi 
mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik 
sudining hal qiluv qarori ko„chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi 
notarial tartibda tasdiqlangan bo„lishi kerak; 
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko„chirma nusxasi; 
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi talabni 
asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari 
to„langanligini tasdiqlovchi hujjat. 
(350-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza 
javobgarlar soniga qarab ko„chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari bo„yicha 
sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. 


Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza 
hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo„lsa, unga 
ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi 
kerak. 
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to„g„risidagi ariza 
ushbu Kodeks 349-moddasining 
birinchi
 va 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan 
talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo„lsa, 
fuqarolik ishlari bo„yicha sud ushbu Kodeksning 
194-moddasida 
nazarda tutilgan 
qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish