organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka
olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to„g„risida sudga xulosa taqdim
etish majburiyati yuklanadi.
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka
olishning asosli ekanligi
to„g„risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi
haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan bo„lishi kerak:
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka
oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi bo„yicha vasiylik va homiylik organi
tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini
tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining)
yashash
sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa ma‟lumotlar bilan birga
O„zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
152-moddasida
nazarda tutilgan
farzandlikka olish uchun to„siqlar borligi yoki yo„qligi ko„rsatilishi shart;
farzandlikka olinayotgan bolaning tug„ilganlik to„g„risidagi
dalolatnoma
yozuvidan ko„chirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sog„lig„i holati, jismoniy va aqliy
rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
o„n yoshga to„lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga,
shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o„zgartirilishi mumkinligiga va
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi)
sifatida
qayd etilishiga roziligi, bundan O„zbekiston Respublikasi Oila
kodeksining
156-moddasida
nazarda tutilgan hollar mustasno;
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga
roziligi, o„n olti yoshga to„lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda
esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud bo„lmagan
taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan O„zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining
160-moddasida
nazarda tutilgan hollar mustasno;
bolaning qarindoshlari bo„lmagan, O„zbekiston
Respublikasi hududidan
tashqarida doimiy yashovchi O„zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el
fuqarolari yoki fuqaroligi bo„lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda
ota-ona qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalarni
va farzandlikka olishga
nomzodlarni hisobga olish bo„yicha ma‟lumotlar bazasida farzandlikka
olinayotgan bola to„g„risidagi ma‟lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat,
shuningdek bolani O„zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish
yoki bolaning
qarindoshlari tomonidan, ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va
yashash joyidan qat‟i nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini
tasdiqlovchi hujjatlar.
Boshqa davlat fuqarosi bo„lgan bolani yoki fuqaroligi bo„lmagan shaxs
bo„lgan bolani O„zbekiston Respublikasi fuqarolari
tomonidan farzandlikka
olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi
to„g„risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi
haqidagi
xulosasiga
ushbu
modda
ikkinchi
qismining
ikkinchi
xatboshisida
ko„rsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Zarur bo„lgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (ma‟lumotlarni)
ham talab
qilib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: