sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O„zbekiston Respublikasi Oila
kodeksining
156-moddasida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu
modda
ikkinchi
qismining
uchinchi
,
to„rtinchi
va
beshinchi
xatboshilarida
ko„rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi
yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qo„yilgan bo„lishi kerak. Bunda taqdim
etiladigan hujjatlar O„zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va
notarial tasdiqlangan bo„lishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi
qismining
beshinchi xatboshisida
ko„rsatilgan hujjat O„zbekiston Respublikasi
hududida berilgan bo„lsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qo„yilishi hamda
tarjima qilingan bo„lishi to„g„risidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
O„zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi
O„zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo„lmagan
shaxslarning O„zbekiston Respublikasi fuqarosi bo„lgan bolani farzandlikka olish
to„g„risidagi arizasiga ushbu moddaning
birinchi qismida
ko„rsatilgan hujjatlar,
shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi bo„lsa, o„sha davlat (bola
O„zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O„zbekiston
Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo„lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka
olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega bo„lsa,
o„sha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqidagi va
farzandlikka oluvchi bo„la olish imkoniyatlari to„g„risidagi xulosasi, tegishli davlat
vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va
mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka
oluvchilarning (oluvchining) O„zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik
vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola
bilan muloqot qilish imkoniyatini berish to„g„risidagi notarial tasdiqlangan
majburiyati ilova qilinadi.
Chet el fuqarolari bo„lgan yoki fuqaroligi bo„lmagan farzandlikka oluvchi
shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya
qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qo„yilgan bo„lishi kerak. Bunda
taqdim etiladigan hujjatlar O„zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima
qilingan va notarial tasdiqlangan bo„lishi kerak.
Ushbu moddaning
birinchi
,
ikkinchi
va
to„rtinchi qismlarida
ko„rsatilgan
hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: