O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
Bog'liq
kodeks

25-bob. Sud bayonnomalari 
276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi 
Har bir sud majlisi to„g„risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida 
qilingan har bir alohida protsessual harakat to„g„risida bayonnoma tuziladi. 
277-modda. Bayonnoma mazmuni 
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual 
harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud 
majlisi bayonnomasida quyidagilar ko„rsatiladi: 
1) sud majlisi bo„lib o„tgan yil, oy, kun va joy; 
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; 
3) ishni ko„rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining 
ismi, hamda sud majlisining kotibi; 
4) ishning nomi va raqami; 
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko„maklashayotgan 
shaxslarning kelgan-kelmaganligi to„g„risidagi ma‟lumotlar; 


6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning 
protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 
7) ushbu moddaning 
5-bandida
 ko„rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv 
qog„ozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi to„g„risidagi hamda ular sud 
majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma‟lumotlar; 
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga 
(maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 
10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning 
yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning 
ko„rsatuvlari, 
ekspertlarning 
o„z 
xulosalarini 
og„zaki 
tushuntirishlari, 
mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy va yozma dalillarni ko„zdan 
kechirishga taalluqli ma‟lumotlar; 
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o„qib eshittirilganligi 
to„g„risidagi ma‟lumotlar. 
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma‟lumotlar ham ko„rsatilishi mumkin. 
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi 
bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi 
to„g„risida belgi qo„yiladi. 
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan 
foydalangan holda to„xtovsiz yozib boriladi. 
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud 
majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi 
bayonnomaga qo„shib qo„yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi. 
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o„tkazilgan taqdirda, sud majlisi 
bayonnomasida ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilganlardan tashqari: 
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o„tkazilganligi to„g„risidagi; 
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o„tkazishda ko„maklashayotgan 
sudning nomi haqidagi; 


ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa 
rejimida o„tkazishga ko„maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa 
ishtirokchilari to„g„risidagi; 
sud 
majlisini 
videokonferensaloqa 
rejimida 
o„tkazilishiga 
ko„maklashayotgan sudning 
va ishni ko„rayotgan sudning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bo„yicha xodimlari haqidagi ma‟lumotlar ham 
ko„rsatilishi kerak. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish