O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/147
Sana19.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#604661
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

3-§. Ushlab qolish
290-modda. Ushlab qolish asoslari
Qarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni saqlayotgan
kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to‘lash
majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat
bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.
Garchi ashyoning haqini to‘lash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni to‘lash bilan bog‘liq
bo‘lmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish ko‘rayotgan majburiyatdan kelib chiqqan
talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan ta’minlanishi mumkin.
Ashyo kreditor egaligiga o‘tganidan keyin unga bo‘lgan huquqlar uchinchi shaxs tomonidan
olinganligiga qaramasdan, kpeditor o‘z qo‘lidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin.
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning qoidalari
qo‘llaniladi.
291-modda. Talablarni ushlab qolingan ashyo hisobidan qondirish
Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan ta’minlangan
talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qondiriladi.
4-§. Kafillik
292-modda. Kafillik shartnomasi
Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi
uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi
mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik
shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
293-modda. Kafilning javobgarligi
Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan
taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik
shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa.
Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor
oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to‘laydi, qarzni undirib olish


bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘pgan boshqa zararlarni to‘laydi.
Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, birgalashib kafil
bo‘lgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish