352-modda. Yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi, qonunchilik
bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan
(hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni to‘lash talabi va boshqa talablar bo‘yicha) hollar bundan
mustasno.
(352-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-kichik bo‘lim
ShARTNOMA TO‘G‘RISIDA UMUMIY QOIDALAR
26-BOB
ShARTNOMA TUShUNChASI VA ShARTLARI
353-modda. Shartnoma tushunchasi
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish
yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning
9-bobida
nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama bitimlar
to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu
Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning
234-352-
moddalari
) qo‘llaniladi.
Ikkitadan
ortiq
taraflar
tuzadigan
shartnomalarga,
bunday
shartnomalarning
ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu
Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
(354-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnoma (aralash
shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar
taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar
qo‘llaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni
qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
(354-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli
qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning
qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari
mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish
muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |