O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/147
Sana19.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#604661
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

348-modda. Qarzdan voz kechish
Kreditor qarzdorni uning zimmasidagi majburiyatlardan ozod qilishi bilan, agar bu hol
boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa, majburiyat bekor
bo‘ladi.
349-modda. Bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo‘lishi
Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish
mumkin bo‘lmay qolsa, u bekor bo‘ladi.
Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin
bo‘lmasa, kreditor o‘zining majburiyat bo‘yicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli
emas.
350-modda. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo‘lishi
Agar davlat organining hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish to‘liq yoki qisman
mumkin bo‘lmay qolsa, majburiyat to‘liq yoki uning tegishli qismi bekor bo‘ladi. Buning natijasida
zarar ko‘rgan taraflar ushbu Kodeksning 
12
 va 
15
-moddalariga muvofiq uni to‘lashni talab qilishga
haqlidirlar.
Davlat organining majburiyat bekor bo‘lishiga asos bo‘lgan hujjati belgilangan tartibda
haqiqiy emas deb topilganida, agar taraflarning kelishuvidan yoki majburiyatning mohiyatidan
boshqacha tartib kelib chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan bo‘lsa, majburiyat tiklanadi.
351-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki majburiyat
boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor vafot etishi bilan
majburiyat bekor bo‘ladi.


Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun mo‘ljallangan yoki majburiyat boshqacha
tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, kreditor vafot etishi bilan majburiyat
bekor bo‘ladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish