O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/147
Sana19.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#604661
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

267-modda. Garov narsasi


Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi
bo‘lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
talabnomalar, xususan hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar,
alimentlar to‘g‘risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa
talablar bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan ayrim turdagi mol-mulkini garovga
qo‘yish qonunchilik bilan man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
(267-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
268-modda. Garov bilan ta’minlanadigan talab
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garov talabning uni
qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish
natijasida yetkazilgan zarar to‘lanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qo‘yilgan
ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to‘lanishini ta’minlaydi.
269-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk
garovga qo‘yuvchida qoladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.
(269-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan
taqdirda) holda garovga qo‘yuvchida qoldirilishi mumkin.
(269-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Garov narsasi garovga qo‘yilganligini bildiruvchi belgilar qo‘ygan holda garovga qo‘yuvchida
qoldirilishi mumkin (qat’iy garov).
Garovga qo‘yuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi
shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qo‘yuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qo‘yilganida, agar shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga
topshiriladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish