O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


T a r i x i y etimologik jihatdan



Download 445,48 Kb.
bet17/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

T a r i x i y etimologik jihatdan qaralsa, hozirgi o`zbek tilida uchraydigan ayrim so`zlarning uzoq o`tmishda egaligini ko`rish mumkin. Masalan, but, lak, nil, Nilufal ( Nilufar ) , dunyo, barcha, bibi, paysa, chakdon(sandal), tovus, chit kabi hindcha; choy, lag`mon, shiypon, jambul, kabi xitoycha; mo`miyon, marmar, nomus af`yun, ark. marvarid, iqlim, jamdul kabi qadimiy grekcha so`zlarni ham uchratish mumkin.
Ammo bunday so`zlar sanoqligina bo`lgani uchun ham alohida qatlamni tashkil etmaydi.

3s HOZIRGI O`ZBEK TILI LEKSIKASINING IJTIMOIY DIALEKTAL TARKIBI


Hozirgi zamon o`zbek tili leksikasining lug`at tarkibiga nazar tashlasak, birinchidan, shu tilda so`zlashuvlarning barchasi uchun tushunarli bo`lgan umummillat xususiyatiga ega bo`lgan so`zlarni, ikkinchidan, millatning ma`lum bir ijtimoiy taraqqiyoti natijasida guruhlanishi bilan bog`liq ayrim so`zlarni ko`ramiz. Shunga ko`ra ularni ikki turga bo`lish mumkin.


Umumxalq leksikasi. O`zbek tilida so`zlashuvchilarning hammasi uchun tushunarli va keng iste`mol qilinadigan so`zlar umumxalq o`zbek tili leksikasi deyiladi./Masalan , ota, ona, uka, osh, non, suv, tog`, tosh, kun, yil, dehqon , qo`l , bet, men, sen, ko`p, oz, keladi, ketdi, ming kabi. Umumxalq o`zbek tilining ish ko`rish, iste`mol doirasi juda keng va o`z ichida adabiy tildan tashqari uning barcha mahalliy ko`rinishlarini ham o`z ichiga oladi. Masalan: yuzlab shevalarini o`zida birlashtirgan Qorlig`, qipchoq, o`g`iz lahjalari umumxalq o`zbek tilining tarkibiy qismlari sanaladi.
Dialektal leksika. Yagona milliy tilda ishlatilmaydigan, ayrim hududdagina qo`llanadigan so`z sheva so`zlari deyiladi va ularning uig`indisi diyalektal leksika deb ataladi. Masalan, charcha, tarak(Surxondaryo) vayish (Andijon), chagana(Surxondaryo), chapo`sh (Surxondaryo), kallapo`sh (Surxondaryo), checha (Qashqadaryo), olvoli (Samarqand), taka (Xorazm), chagana (Surxondaryo) kabi.
Diyalektal so`zlar adabiy til bilan fonetik leksik- grammatik jihatdan o`xshash va noo`xshash xususiyatlarga ega.
1)Adabiy til va sheevalarda shaklan bir xil bo`lib ma`noda farq qiladigan so`zlar bunday so`zlar semantik dialektizm deyiladi. Masalan: shalpar (mato) (g`ayridin ), naynov (novcha) va boshqalar.
2.) Adabiy tilda uchramaydigan, faqat shevaga xos so`zlar leksik diyalektizmlar deb ataladi. Masalan, chunul (chuqur), digil (qo`y), nayi (masxara) hashuva (mazax), jupkarchi (g`iybatchi ), ulapa (haq ulush), dadar (sayoq) .
3. Shevada fonetik jihatdan kuchli fonetik o`zgarishga uchrab ,o`z shaklini o`zgartirgan so`zlar. Bunday so`zlarni fonetik dialektizmlar deb ataladi. Masalan, appar (olib boh), gay-gayi ( gohi- gohi) ganayi(gunohi), navincha (nima buncga) kabi;
Sheva so`zlari badiiy asarlarga , uslubiy vosita sifatida qahramonlar nutqini hamda mahalliy kolorittni ifoda etish maqsadida yozuvchilar tomonidan ishlatiladi.
Kasb-hunar leksikasi. Biror kasb-hunarga oid tushunchalarni ifodalovchi so`zlar kasb -hunar (professional) leksikasi deyiladi. Kasb -
hunarga oid atamalar, so`zlar o`zbek xalqining ijtimoiy taraqqiyot davri turmush tarzi va boshqa holatlar bilan bog`liqdir . Ma`lumki o`zbek xalqi juda qadim zamonlardan dehqonchilik, chorvachilik, bog`dorchilik, kulolchilik, binokorlik, ipakchilik, temirchilik, zargarlik, miskorlik, etikdo`zlik va boshqa kasb hunarlar bilan shug`ullanib kelgan va bu holatlar ularning tilida aks etgan. Masalan, kapsan, tola, yagona, galagab(dehqonchilikka oid), tola, ko`gan, sirg`a, chagana, joyuv (chorvachilikka oid), pangor, sumba, dog`chil, aspak (tunukasozlik, kulolchilikka oid) nalava, to`qima, dub, qilich, adargi, kuding (to`quvchilikka oid) kabilar. Kasb -hunarga taalluqli so`zlarda sheva xususiyatlari bilinib turadi.
Ammo hozirgi XXI asrga qadam qo`ygan bir davrda insoniyatning turmush tarzi butunlay o`zgardi va davr komp`yutr asridir. SHuning uchun hozirgi o`zbek tilida uangi zamonaviy industriya, texnika, fan bilan bog`liq so`zlar ko`payib bormoqda.

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish