O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish



Download 198,62 Kb.
bet107/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

184-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi:
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;
tekshirish o‘tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asos;
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o‘tkazish davri;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining to‘liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko‘rsatilgan holda;
(184-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;
(184-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o‘tkazish uchun davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma’lumotlar;
(184-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonunchilik hujjatlari ko‘rsatilgan holda.
(184-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o‘tkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so‘roviga ko‘ra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki davlat moliyaviy nazorati obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan ma’lumotlarni va davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslari tergov organlariga bergan ko‘rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(184-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.
(184-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi.
(184-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo‘lmagan taqdirda, hujjatni o‘z e’tirozlari bilan imzolaydi hamda o‘n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
(184-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan e’tirozlar o‘n kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
(184-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, o‘zining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘n kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati obyektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo‘yicha amalga oshirilishini to‘xtatib turadi.
(184-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish