186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishdagi cheklovlar
Davlat moliyaviy nazoratini:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi bo‘lgan;
(186-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo‘lgan;
(186-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati obyektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazish taqiqlanadi.
(186-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
28-bob. Budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(28-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
187-modda. Budjet intizomini buzish
Quyidagilar budjet intizomini buzishdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarga moliya yili davomida yo‘naltirish;
(187-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida to‘lovlarni amalga oshirish;
(187-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag‘lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |