O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari



Download 198,62 Kb.
bet44/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

15-bob. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari
81-modda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to‘lash;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;
budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.
Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va muddati o‘tgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lgan taqdirda, Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanadigan mablag‘lar ulushi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik mablag‘larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
82-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan:
moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan xodimlarning qo‘shimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 105-moddasining ikkinchi qismi, 122-moddasining ikkinchi qismi.

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish