72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktabgacha ta’lim bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
(72-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
(72-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(72-moddaning birinchi bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, shuningdek tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash xarajatlari;
(72-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari, laboratoriyalarni, irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlarini saqlab turish;
(72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini saqlab turish xarajatlari;
(72-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |