ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning
notijorat maqsadlardagi transport vositalarining;
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining va valyuta boyliklarining;
qonun hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki)
cheklovlar belgilangan
tovarlarning;
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan
tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan jismoniy
shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g”
bandida nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu
Kodeksning 158 va 160-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxs kirib kelishidan yoki chiqib ketishidan oldin yoki keyin olib kiriladigan
yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib kelinayotgan bagajda bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlarning;
Oldingi tahrirga qarang.
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n
baravarigacha bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda, bundan tovarlar tashqi
savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida
olib o‘tilayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar mustasno;
(260-modda “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan, ushbu
tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan
ekvivalentdagi
tovarlarni olib chiqishda, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
mustasno;
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni
deklaratsiyalash kunidagi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha bir ming AQSh
dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmog‘ida onlayn
do‘konlari orqali eksport qilish chog‘ida amalga oshiriladi.
(260-moddaning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Do'stlaringiz bilan baham: