263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va
qo‘shimcha ma’lumotlar
Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda
beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda
ko‘rsatilgan axborotni tekshirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli. Mazkur
hujjatlarning va qo‘shimcha ma’lumotlarning ro‘yxati bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar
taqdim etilishi mumkin.
Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |