176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin
omborning faoliyatini litsenziyalash
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin omborning
faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilayotgan bo‘lsa, litsenziya
olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini
omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga
qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona omborlarining, boj
olinmaydigan savdo do‘konlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek
mazkur reyestrlardagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |