175-modda. Erkin omborlar
Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, u tovarlarni erkin ombor
bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo‘ljallangan binolar hududini va
(yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga oladi.
Erkin omborning ishlashini ta’minlash uchun zarur O‘zbekiston tovarlariga erkin
ombor bojxona rejimi qo‘llanilmaydi.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida saqlash sharoitlari
talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda
yoki erkin omborning bir qismi bo‘lgan alohida binolarda qonun hujjatlariga muvofiq
belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |