O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan
tovarlarni deklaratsiyalash
Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar
manziliga xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining
hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
(167-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik
shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy
hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat
hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
(167-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk
deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta
aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona ko‘zdan
kechiruvi hamda bojxona ko‘rigi
Pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda
bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini taqdim etadi.
Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta
kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi
qonun hujjatlarida taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona
organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning
miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki
provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi
dalolatnomasini imzolaydi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona ko‘zdan
kechiruvi yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik
vositalaridan foydalanadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish