O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar
165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari xalqaro
pochta yoki kuryerlik jo‘natmalaridir.
Xalqaro pochta jo‘natmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda
tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi
yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan tovarlarni yuborishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va
bojxona rasmiylashtiruvi
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi
orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul
qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga jo‘natilishi mumkin emas.
Xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona
rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta
almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va
bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joylarda
amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat
ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunday hollarda xalqaro pochta jo‘natmalari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta
aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta
aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun
joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi.


Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro
kuryerlik jo‘natmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida
turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish