tomonidan qo‘shimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tug‘ilganda, arizani ko‘rib chiqish
o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini
yozma shaklda xabardor
qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga o‘zaro hisob-kitoblarni
taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Bojxona organi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
summalarini
qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror
haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini ko‘rsatgan
holda yozma shaklda xabardor
qiladi.
357-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
summalarini qaytarish tartib-taomili
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish
bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona to‘lovlariga
tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish
mazkur summalarni quyidagi tartibda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
to‘lovchining arizada ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga;
ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining
shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
to‘lov amalga oshirilgan valyutada;
dastlabki pul mablag‘lari hisobiga;
bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘lanishini
ta’minlash uchun.
To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha
qarzdorlik bo‘lgan
taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni to‘lovchining roziligi bilan ortiqcha
to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summasi hisobidan to‘lanishini amalga oshiradi.
Bunda ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi to‘lovchiga ushbu
qarzdorlik miqdoridagi bojxona to‘lovlarini, penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik
chegirib tashlangan holda qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilayotganda
ular uchun foizlar to‘lanmaydi va qaytarilayotgan to‘lov summasi indeksatsiyalanmaydi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish
bojxona to‘lovlari turi bo‘yicha bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan,
tovarlari
bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa to‘lovchilarning mablag‘laridan va O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: