O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

139-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari vakolatli shaxs
tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini
vakolatli shaxs zimmasiga yuklaydigan qarori vakolatli shaxs tomonidan bajarilmaganda.
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti hamda sog‘lig‘iga haqiqiy tahdid
vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatga
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish hollari mustasno.
Bojxona organining ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonun hujjatlaridagi aniq normalar
ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay
vakolatli shaxsga yetkaziladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda vakolatli shaxsga yetkaziladi.
Bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan
holatlarning vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilish muddatini belgilashi shart.
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli shaxs
tomonidan bartaraf etish muddati ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi
qaror vakolatli shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam bo‘lmasligi
kerak.
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar vakolatli shaxs
tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida
qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran besh
ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart.
Bojxona organi qabul qilingan qaror haqida vakolatli shaxsni tegishli qaror qabul
qilinganidan so‘ng bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror ustidan belgilangan
tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish