O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish
Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan to‘liq bo‘lmagan
hajmda taqdim etilganligi;
tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona
rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi;
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan
ma’lumotlar mavjudligi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan
vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonun
hujjatlarining aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni
takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda
vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib,
hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsatnoma
berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lishi
mumkin emas.
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni belgilangan
muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki
uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi
arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan
e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga
oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun bojxona yig‘imi
undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon
qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ilgari ko‘rsatilgan


sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi
mustasno.
Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan muddat tugaganidan
keyin vakolatli shaxs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va
bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek bojxona
organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat
qilish huquqiga ega.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish