281-modda. Bojxona brokerining huquqlari Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega:
deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni
va ma’lumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni
tashkil etuvchi axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarni va ma’lumotlarni talab qilish va olish;
bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar
va ma’lumotlarni taqdim etish;
tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan
tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi
qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish;
bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni
vakolatli shaxs sifatida bajarish;
bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Bojxona brokeri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari Bojxona brokeri:
Oldingi tahrirga qarang. deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o‘z fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash
miqdorining ming baravari miqdorida sug‘urtalashi;
(282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari
uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi;
qonun hujjatlarining tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan
holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona
deklaratsiyasini berishi;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi
qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi;
bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ko‘maklashishi;
tovarlarni jo‘natuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy
maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Bojxona brokerining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti
bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bog‘liq
operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)