O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga doir cheklovlar



Download 265,06 Kb.
bet12/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga doir cheklovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga doir cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonunchilikka muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib o‘tayotgan shaxsda yoxud tashuvchida yuzaga kelgan xarajatlarning o‘rni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular olib kirilganda — darhol bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoxud ular olib chiqilganda — darhol bojxona hududiga qaytarilishi shart.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib o‘tayotgan shaxs yoxud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan bo‘lsa, tovar bojxona organi egasi bo‘lgan bojxona omboriga yoxud bojxona nazorati zonalariga tovarni olib o‘tayotgan shaxs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng ko‘p muddati, agar qonunchilikda ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish