O‘zbekiston respublikasining ayollarga. Seytnazarov M


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi



Download 305,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana20.06.2022
Hajmi305,65 Kb.
#680249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasining ayollarga oid davlat siyosati va uning huquqiy asoslari

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hukumatga xotin-qizlarga doir siyosat
masalalarida maslahatlar berib boradi. Qo‘mitaning maqsadi xotin-qizlarni har 
tomonlama O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashning tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarga oid jamoat tashkilotlarining, 
sotsial, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligini oshirish, huquqiy va iqtisodiy bilim 
darajasini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash va 
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish bo‘yicha puxta va samarali faoliyatini ta’minlash, 
ularning oilada ma’naviy-ahloqiy muhitini shakl- 
lantirishdagi rolini kuchaytirish, xotin-qizlarning ta’lim olishiga
ko‘maklashish, ularning ma’naviy, intellektual va professional o‘sishini 
ta’minlashdir.O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi quyidagi beshta sohadagi
ustuvor dasturlarga alohida e’tibor qaratadi: xotin-qizlarning bandligi va iqtisodiy 
farovonligi, xotin-qizlarning reproduktiv sog‘lig‘i va reproduktiv huquqlarini
himoya qilish;
xotin-qizlar va ular faolligi, ya’ni ularni rahbarlik lavozimlariga va qarorlar 
qabul qiladigan organlarga jalb qilish va ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini 
ta’minlash; xotin-qizlar va huquq, bunda xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarni 
bartaraf etishga alohida ahamiyat berish; xotin-qizlar va ta’lim, bunda ayollar 
mahorati va vakolatini oshirishga e’tibor qaratish. O‘zbekiston Xotin-qizlar 
qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarga doir
muammolari bo‘yicha tashkil qilinadigan xalqaro anjumanlardagi ishtiroki uchun 
ham mas’uldir. 


32 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining eng
yirik xotin-qizlar tashkiloti bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida o‘z 
bo‘limlariga ega. 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va bo‘limlarining roli quyidagilardan 
iborat: 
xotin-qizlar holatiga doir fikrlar va sharoitlarni aks ettiradigan 
siyosatni belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirishda hukumat uchun asosli 
maslahatlar taqdim etish maqsadida hamkorlik qilish; 
xotin-qizlar muammolari bilan shug‘ullanadigan guruh, tashkilot, 
birlashmalar va xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining maslahatlari 
asosida xotin-qizlarning turli-tuman fikrlari ifodachisi bo‘lish; 
hukumat va xotin-qizlar sektori o‘rtasida axborot almashinuvi 
jarayonida vositachi sifatida faoliyat yuritish; 
tegishli sohalar uchun o‘tkaziladigan va tashkilotlar uchun qiziqish 
uyg‘otadigan siyosatni tahlil qilish; 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlarining vazifa
va majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydigan samarali boshqaruv
mexanizmlarini
yaratish va qo‘llab-quvvatlash. 
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi davlat
va jamoat tashkilotlari hamda NNTlari bilan hamkorlikda «Xotin-qizlar va 
erkaklar uchun teng huquq va erkinliklar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini 
tayyorladi. Bu loyiha milliy va xalqaro ekspertizadan o‘tib, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun 
yuborildi. 
«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, 
davlat ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni qo‘shimcha kafolatlar bilan 
ta’minlaydi. 
Ko‘p bolali ayollarni va nogiron ayollarni kasanachilik mehnatiga jalb qilish 
bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 


33 

Download 305,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish