Bundan tashqari, o`simliklar olamida simbioz holda yashab turgan turlarning bittasi bu turdan foydalansa, aksincha, ikkinchi tur ham zarar ko`rmay yashaydi. Bunday hodisani kommensalizm deyiladi. Bunday hodisa daraxt po`stloqlarida yashovchi zamburug`lar, barglarida yopishib o`suvchi suv o`tlarida, epifit holda yashovchi turlarda yaqqol namoyon bo`ladi. - Bundan tashqari, o`simliklar olamida simbioz holda yashab turgan turlarning bittasi bu turdan foydalansa, aksincha, ikkinchi tur ham zarar ko`rmay yashaydi. Bunday hodisani kommensalizm deyiladi. Bunday hodisa daraxt po`stloqlarida yashovchi zamburug`lar, barglarida yopishib o`suvchi suv o`tlarida, epifit holda yashovchi turlarda yaqqol namoyon bo`ladi.
- s) Fiziologik munosabatlar. Fiziologik munosabatlar jamoada yashovchi bir necha tur va bur turga mansub individlar ichida ro`y beradi. Jamoadagi bir turga mansub individlarning ildiz sistemasida va yer ustki organlarida ham turli xil fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Sodir bo`layotgan fiziologik jarayonlarga o`simliklar qoplami tarqalgan yerning tuprog`i, iqlimi, relef kabi turli xil ekologik omillar ham, o`simliklarning hayotiy shakllari, pog`onaliligi ham muhim rol o`ynaydi.
- d) Bioximiyaviy munosabatlar. Bioximiyaviy munosabatlar jamoada o`sadigan har bir turda ro`y berib, o`simlikning har xil organida oziqlanish miqdori va turiga, quyosh energiyasiga, yorug`likning tushish darajasiga qarab har xil namoyon bo`ladi. Jamoadagi yuksak o`simliklar o`rtasida bo`ladigan bioximiyaviy jarayon allelopatiya deb ataladi. Allelopatiya fitotsenozda birga yashovchi o`simliklarning har bir turi o`zidan har xil hid ajratib chiqarishi bilan birga taxsir etishidir. Masalan, olma mevasi o`zidan chiqargan hid. Buni o`z vaqtida Teofrast ham ta`kidlagan. Bunday hodisa turli jamoalarda turlicha sodir bo`ladi.
Yuksak o`simliklardan ajralib chiqqan moddalar kolin deb atalib, boshqa tur yuksak o`simliklarga u yoki bu darajada ta`sir etadi. Kolinlar ba`zi bir tur o`simliklar ishlab chiqaradigan fitontsitlardan tubdan farq qiladi. Fitontsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta`sir ko`rsatadi. Archazor o`rmonlardan ajraladigan fitontsitlar ularga yaqqol misol bo`la oladi. - Yuksak o`simliklardan ajralib chiqqan moddalar kolin deb atalib, boshqa tur yuksak o`simliklarga u yoki bu darajada ta`sir etadi. Kolinlar ba`zi bir tur o`simliklar ishlab chiqaradigan fitontsitlardan tubdan farq qiladi. Fitontsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta`sir ko`rsatadi. Archazor o`rmonlardan ajraladigan fitontsitlar ularga yaqqol misol bo`la oladi.
- Har qanday jamoada yuksak o`simlik turlaridan tashqari mikroorganizmlar ham mavjud bo`lib, ular o`zlaridan marazminlar nomli moddalar ishlab chiqaradi. Bir turdagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan antibiotiklar boshqa turdagi mikroorganizmlarga va yuksak o`simliklarga har xil ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, jamoada o`sadigan o`simliklarning ildiz sistemalari ham har xil turdagi moddalar ishlab chiqaradi. Misol uchun sirka kislota, chumoli kislota, otquloq kislotasi, qand, aldegidlar, etilen spirti, aminokislotalar, alkoloidalar, vitaminlar kabi moddalar o`simliklar qoplamining bioximiyaviy tarkibini keskin o`zgartiradi. Bu ajralmalar o`simliklarga salbiy hamda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Misol tariqasida shuni ko`rsatish mumkinki, kartoshka ekilgan maydonning qator oralariga, pomidor ekinining qator oralariga piyoz ekish, bu ekinlarning fitoftora zamburug`i bilan kasallanish darajasini kamaytiradi. Ma`lumki, piyoz fitontsit moddasi ishlab chiqaradi. Aksincha, uzumzorga yaqin ekilgan karamlarda kasallanish darajasi yuqori bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |