O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet27/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179
Bog'liq
14-savol

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

87. Sertifikat egalari va ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarda ko‘rsatib o‘tilgan axborotlarning ishonchliligiga ularning o‘zlari javobgar bo‘ladilar.

88. Markaz belgilangan tartibda sertifikat berish to‘g‘risida va berishni rad qilish, sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki sertifikatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar hisobini yuritadi.

89. Berilgan va qayta rasmiylashtirilgan sertifikatlar, amal qilish muddati to‘xtatilgan sertifikatlar, bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumot har oyda Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrini yuritish uchun “O‘zstandart” agentligiga elektron shaklda taqdim etiladi.

Amal qilish muddati to‘xtatilgan sertifikatlar va bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Markaz tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va sertifikatlashtirish obyektining joylashgan joyi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladi hamda ushbu ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

90. Ariza beruvchi yoki sertifikat egasi Markazning qaroridan rozi bo‘lmagan holatlarda apellatsiya bilan “O‘zstandart” agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. “O‘zstandart” agentligining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

91. Markaz ariza beruvchining (sertifikat egasining) o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.

92. Markaz va ariza beruvchilar hamda sertifikat egalari o‘rtasida hujjat aylanishi (ariza, hujjatlar va ma’lumotlar, qarorlar, bildirish xatlari, ariza va shu kabilarni berish va yuborish) qog‘ozli manbada yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Ariza, hujjatlar va ma’lumotlar sifati sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborotni aniqlashga imkon berishi kerak. Markazga kelib tushgan hujjatlar va ma’lumotlar sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazorati jarayonida ularning asl nusxalari bilan solishtiriladi.

93. Amal qilishi tugatilganva bekor qilingan sertifikatlar Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgach belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim, bu to‘g‘rida quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladigan maxsus jurnalda qayd amalga oshiriladi:

a) qarorning raqami va sanasi;

b) sertifikat egasining nomi;

v) ko‘rsatiladigan xizmat nomi;

g) blankaning bosmaxona raqami va Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestri bo‘yicha raqami;

d) yo‘q qilish sanasi.

94. Sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan Markazning hujjatlari sertifikat berilgan kundan boshlab besh yil o‘tgach belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.

95. Ariza beruvchilar va sertifikat egalari Markazga vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosalarini taqdim etishlari mumkin, ularda sertifikatlashtirish obyektlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu organlar tomonidan o‘tkazilgan to‘liq bo‘lmagan tekshiruv aks ettirilgan bo‘ladi. Aniqlangan dalillar to‘g‘risida Markaz O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xabar beradi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatlangan nazorat organlari (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma yuboradi.

96. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Sertifikatga ega bo‘lmasdan joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatadigan, sertifikatlashtirish talablarini buzgan yoki soxta hujjatlardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.



(96-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish