O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash tartibi



Download 311,81 Kb.
bet75/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179
Bog'liq
14-savol

3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash tartibi

14. Tadbirkorlik subyektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga kompensatsiya ko‘rinishida 10 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari taqdim etiladi.

15. Quyidagi turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi:

Lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, roller-dromlar (rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega bo‘lgan maxsus jihozlangan platforma), velodrom (velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga mo‘ljallangan inshoot), motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashyutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-xoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik ko‘ngilochar maskanlar.

16. Kompensatsiya mablag‘larining umumiy hajmi yiliga 1 milliard so‘mgacha miqdorni tashkil etib, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.

17. Talabgor kompensatsiya olish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qo‘mitaga murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) talabgorning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;

b) karaoke zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarning professional asbob-uskunalar bilan jihozlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

18. Komissiya arizalarni besh ish kuni davomida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.

19. Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, kompensatsiyani rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.

Talabgor qarorni olgandan keyin bir oy ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi va Qo‘mitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib qayta murojaat qilishi mumkin.

20. Kompensatsiya quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:

ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;

tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa.

Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha kompensatsiyani rad etish taqiqlanadi.

21. Komissiya tomonidan kompensatsiya olish to‘g‘risida qayta berilgan ariza besh ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar bo‘yicha kompensatsiyani rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish