O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Xostellarni ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi



Download 311,81 Kb.
bet45/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
Bog'liq
14-savol

2-bob. Xostellarni ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

5. Xostellarni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilgan holda, ariza asosida ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

6. Reyestrni yuritish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

7. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:

xostelga individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq xostellar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;

ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) rasmiy saytida onlayn rejimida yangilab borish.

8. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.

Qo‘mita respublika miqyosida reyestrlarning yagona ma’lumotlar bazasi yuritilishi va Reyestr haqidagi dolzarb ma’lumotlarni “onlayn” rejimda shu jumladan undan chiqarib tashlangan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi.

9. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beradi.

10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga xostelning muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiyena nazorati) xulosalari (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan xostellar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;

xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmasi, shuningdek shu turdagi mulk ijara shartnomasi.

11. Arizachidan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

12. Haqqoniy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun arizachi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

13. Arizachi tomonidan ariza mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda, uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi.

14. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi, xostelni mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganib chiqadi.

15. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

16. Xostel mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida arizachiga mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida aniq nomuvofiqliklar va uning davomida arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan muddat (uch oygacha) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi.

17. Arizachi tomonidan xostelni Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi.

Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma bildirish xatida ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli davlat organi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

19. Xostel mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, vakolatli davlat organi bir ish kuni mobaynida mehmon uyiga individual reyestr raqami bergan holda, xostelni Reyestrga kiritadi va arizachiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma beradi.

20. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va ko‘chirma berish uchun to‘lov undirilmaydi.

21. Reyestrga avval kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, xostel egalari bunday o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida, tasdiqlovchi ma’lumotlarni ilova qilgan holda, vakolatli davlat organiga ma’lum qilishlari shart.

Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar xostel egalari tomonidan vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

22. Reyestrdan ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli davlat organ tomonidan hujjatlarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kunidan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

23. Xostelni Reyestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

xostel egasi tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda bildirishnoma berilsa;

xostel egasining faoliyati belgilangan tartibda tugatilsa;

vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganish (sirli o‘rganish) va xostelda yashayotgan shaxslarni anketalashtirish davomida mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablarining surunkali ravishda buzilishi aniqlansa.

O‘rganish vaqtida aniqlangan buzilishlar xostel egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng u Reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin.

24. Ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi.

Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

25. Ko‘chirma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, xostel egasining yozma murojaatiga ko‘ra uning dublikati beriladi.

26. Reyestrdan ko‘chirma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, vakolatli davlat organi arizani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘chirma dublikatini berishi (yuborishi) shart.

27. Ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish