O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet67/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179
Bog'liq
14-savol

9-bob. Yakunlovchi qoidalar

78. Ushbu Nizom talablari va shartlari qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

79. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va beyjik berish

SXEMASI

Bosqich




Subyektlar




Tadbirlar




Bajarish muddati




1-bosqich




Jismoniy shaxs (talabgor)




Jismoniy shaxs (talabgor) tegishli hujjatlar bilan Ishchi organga murojaat qiladi.




Ehtiyojdan kelib chiqqan holda






















2-bosqich




Ishchi organ




1. Mazkur Nizom talablariga muvofiq hujjatlarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi.

2. Malaka imtihonini o‘tkazish vaqti va joyini e’lon qiladi va belgilaydi.






Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq






















3-bosqich




Imtihon komissiyasi




Mazkur Nizom talablariga muvofiq malaka imtihonini o‘tkazadi va natijalarini e’lon qiladi.




Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq






















4-bosqich




Ishchi organ




1. Reyestrga tegishli yozuvlarni kiritadi.

2. Belgilangan namunadagi malaka sertifikati va beyjikni tayyorlaydi va taqdim qiladi (egasining so‘roviga muvofiq).






5 kun davomida

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


3-ILOVA

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


4-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga


10-ILOVA

Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasasi) — mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga asosan belgilangan turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

turizm sohasi mutaxassisi — oliy yoki o‘rta-maxsus kasb diplomiga va (yoki) belgilangan namunadagi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik haqidagi diplomga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;

turizm sohasidagi mutaxassisni qayta tayyorlash — kasbiy faoliyatning qo‘shimcha turlarini amalga oshirish uchun bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarning zarur hajmi egallanishini ta’minlovchi o‘qitish shakli;

turizm sohasidagi mutaxassisning malakasini oshirish — turizm sohasida avval egallangan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlash, kengaytirish, chuqurlashtirish va takomillashtirishga imkon beruvchi o‘qitish shakli.

3. Turizm sohasida mutaxassislarning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish amalga oshiriladigan lavozim va mutaxassisliklar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan tasdiqlanadi.

4. Boshqa davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan jismoniy shaxslarga malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi o‘qitishga oliy yoki o‘rta-maxsus kasbiy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat tan olinish jarayonidan o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi.

5. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tashkil qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari

7. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi yuqori darajadagi kasbiy faoliyatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar, ko‘nikma va qobiliyatlarni olish va doimiy yangilash, kasb standartlari va ta’lim dasturlari asosida kasbiy mahoratni tizimli rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi.

8. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

funksional majburiyat va vakolatlarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajada mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini uzluksiz yangilash mexanizmlarini joriy qilish;

milliy iqtisodiyot, turizm sohasi, hududlardagi va umuman respublikadagi haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi tarkibini optimallashtirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va ularning natijalarini monitoring qilish;

turizm bozori rivojlanishining hozirgi yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini o‘quv-uslubiy, axborot va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va uni takomillashtirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining yanada rivojlanishi va modernizatsiyasini ta’minlash.

3-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining tarkibi va uni boshqarish

9. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tarkibiga Qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda buyurtmachilar kiradi.

10. Qo‘mita:

turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ta’lim jarayoni mexanizmlari va takomillashtirish usullarini belgilaydi;

turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;

turizm sohasidagi kasb standartlari hamda yo‘nalish va mutaxassisliklar Klassifikatorining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari bilan muvofiqligini ta’minlaydi.

11. Institut yagona normativ bazani ishlab chiqish va turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.

12. Institutning turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

milliy va xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida ilg‘or xalqaro amaliyotni o‘rganish va joriy qilish;

ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va murabbiylarning kasbiy o‘sishiga qaratilgan, tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda amaliy o‘qitishning interfaol usullarini joriy qilish;

kasb va ta’lim standartlariga muvofiq holda, o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni ishlab chiqish va ularning tahlilini amalga oshirish;

ta’lim muassasalariga turizm sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni taqdim etish, tarqatma materiallarning ishlab chiqilishi va nashr qilinishini tashkillashtirish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;

turizm sohasi mutaxassislari kasbiy faoliyati, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayoni monitoringining yagona elektron tizimi axborot resurslarini shakllantirgan va ro‘yxatdan o‘tkazgan holda, turizm sohasining ishtirokchilari va qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro elektron aloqani ta’minlash;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yagona reyestrini yuritadi.

13. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali jarayonini tashkillashtirish maqsadida ta’lim muassasalari:

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishning zarur sifatini ta’minlaydi;

kurslar doirasida sifat jihatidan tashkiliy va mahorat mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv, uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratadi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yuqori malakali pedagogik kadrlar va turizm sohasidagi yetakchi amaliyotchi-mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislar va o‘quv-uslubiy xodimlarning keng jalb qilinishini ta’minlaydi;

fanning amaliyot bilan aloqasini ta’minlaydi, turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy qilish mexanizmini amalga oshiradi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quvchilarga amaliyot va ochiq ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi, ularning keyingi muhokamasi va tanqidiy tahlilini tashkillashtiradi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

o‘qitishda bitiruvchilarga davlat namunasidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi;

Institutga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tugatgan tinglovchilar haqidagi ma’lumotlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari Yagona reyestriga kiritish uchun majburiy tartibda taqdim etadi.

14. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi turizm sohasi mutaxassislarini o‘qitishning buyurtmachilari vazirlik va idoralar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

15. Buyurtmachilar:

har yili mutaxassislarning miqdor va sifat tarkibi, belgilangan kasbiy tayyorgarligi va ixtisoslik darajasi, ish tajribasi, alohida xodimlarning ishchanlik va shaxsiy sifatlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, ularning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishida o‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda belgilaydi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida tegishli kurslarga belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishini ta’minlaydi;

kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarning ilg‘or tajribasi, yangi bilimlari va ko‘nikmalari ommalashishini tashkillashtiradi, ularning ijobiy tajribasini targ‘ib qilish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ichki monitoringini olib boradi, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun tanlovlar o‘tkazish jarayonida ularni asosiy mezon sifatida e’tiborga oladi.

4-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish hamda o‘tkazish tartibi

16. Sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta va o‘rta-maxsus professional ta’lim muassasalarini bitirgan va turizm sohasi korxonalarida ishlayotgan mutaxassislar, ularning asosiy kasbiy ma’lumotlarini tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish, ular tomonidan kasb mezoni va malaka talablari bilan belgilangan darajada kasb faoliyatini olib borishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash maqsadida qayta tayyorlovdan o‘tishi tavsiya etiladi.

17. Turizm sohasi mutaxassislari faoliyat talablaridan kelib chiqqan holda, doimiy asosda, har uch yilda bir marta malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirishdan o‘tishi zarur.

18. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik asosda amalga oshiriladi.

O‘qitish narxi turizm sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturining davomiyligidan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasasi va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi.

19. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkillashtirish tasdiqlangan kasbiy standartlar va malaka talablari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlari, mashg‘ulotlar jadvali orqali tartibga solinadi.

20. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, interfaol seminarlar, amaliy mashg‘ulot, sayyor mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish (ta’lim), malakaviy amaliyot, loyiha ishini himoya qilish va imtihon.

Tegishli axborot-uslubiy va tashkiliy-texnik asos bo‘lgan taqdirda, qayta tayyorlash va malaka oshirishning ta’lim jarayoni masofaviy o‘qitish usullaridan foydalangan holda tashkil qilinishi mumkin.

Masofaviy ta’lim onlayn shakllarda tashkillashtiriladi.

21. Barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, o‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.

22. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning ta’lim jarayoni, qoidaga ko‘ra, buyurtmachilardan kelib tushgan yillik buyurtmalar bo‘yicha guruhlarning to‘lishidan kelib chiqqan holda, akademik guruhlarda tashkil qilinadi.

Tinglovchilarning kam sonli yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkillashtirish doirasida, o‘qitishning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorga muvofiq guruhlarni shakllantirish uchun — bitta guruhdagi tinglovchilar soni 5 nafardan kam bo‘lmagan miqdorda o‘rnatilishi mumkin.

23. Ta’lim muassasalarida turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘qitishning quyidagi shakllari orqali amalga oshiriladi:

asosiy ishdan ajralgan holda;

asosiy ishdan qisman ajralgan holda (aralash usul);

masofaviy o‘qitish shakli yordamida asosiy ishdan ajralmagan holda.

24. Asosiy ishdan ajralgan va qisman ajralgan holda (aralash usulda) qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.

25. Qayta tayyorlash kasbiy faoliyatning qo‘shimcha turlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni o‘zlashtirish borasida kamida 576 akademik soat hajmdagi kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini o‘z ichiga oladi.

Malaka oshirish o‘z ichiga quyidagi o‘qitish turlarini oladi:

turizm sohasi mutaxassislarining aniq vakolatlariga oid alohida predmetlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli mavzuli o‘qitish (18 — 72 akademik soat);

kasbiy faoliyat yo‘nalishi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, turizm sohasi va turizm bozori rivojlanishining dolzarb muammolarini chuqur o‘rganish bo‘yicha uzoq muddatli o‘qitish (72 — 144 akademik soat);

kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida vujudga keluvchi boshqaruv, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik va boshqa masalalar bo‘yicha mavzuli va muammoli seminarlar.

26. Qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarining o‘zlashtirilishi ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya bilan tasdiqlanadi va uning natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq, davlat namunasidagi hujjat — qayta tayyorlash haqidagi diplom beriladi.

Malaka oshirish kurslari natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma beriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirishni o‘zlashtirish uchun tanlangan dasturni tamomlamagan yoki attestatsiyadan o‘tmagan tinglovchilarga, ta’lim muassasalari tomonidan, o‘zlashtirilgan ta’lim dasturining haqiqiy hajmi va mazmuni aks ettirilgan akademik ma’lumotnoma beriladi.

27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarini mustaqil yoki masofaviy o‘qitish texnologiyalari orqali o‘zlashtirayotgan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyadan o‘tishiga ruxsat etiladi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy attestatsiya ta’lim muassalarining attestatsiya komissiyalarida o‘tkaziladi.

28. Asossiz sabablar bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganligi uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining tinglovchilari safidan chetlatilganlar, takroran pullik asosda kursdan o‘tishlari, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirishning navbatdagi kurslarida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha attestatsiyadan o‘tishlari lozim.

29. Attestatsiya natijalari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida takroran imtihon topshirish imkoniyati beriladi. Takroriy imtihon topshirish imkoniyati faqat bir marta taqdim etiladi.



5-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash

30. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) ichki nazorat:

asosiy bilimlarni baholash;

yangi bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarning o‘zlashtirilganlik darajasini joriy nazorat qilish;

o‘qitish yakunlangandan so‘ng mutaxassislik bo‘yicha attestatsiyani o‘z ichiga olgan yakuniy nazorat;

b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.

31. Egallangan bilim va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya o‘tkazish tartibi, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi ta’lim jarayonining sifatini baholash mexanizmlari Qo‘mita tomonidan belgilanadi.

32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari faoliyatini baholash tartibi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish