O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet51/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179
Bog'liq
14-savol

Bajarish muddati















Tadbirkorlik subyekti




Nizomning 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda kompensatsiya ajratilishi uchun ariza topshiradi.




Tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra






















Qo‘mita




Qo‘mita o‘tgan chorakda olingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganish asosida arizalar kelib tushganidan keyin kompensatsiya to‘lash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror nusxasini ariza beruvchiga yuboradi.






10 kun ichida

1 kun
ichida
























Qo‘mita




Taqdim etilgan hujjatlarni qo‘shimcha o‘rganish zarurati tug‘ilsa, arizachini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani ko‘rib chiqishni qo‘shimcha uzaytiradi.




qo‘shimcha
10 kun ichida






















Qo‘mita




Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, kompensatsiyani rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilinadiva arizachiga yuboriladi*




Bir kun muddatda





















Tadbikorlik subyekti




Ariza beruvchi rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgandan qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va Qo‘mitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi*




Tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra





















Qo‘mita




Kompensatsiya olish to‘g‘risida qayta berilgan arizani ko‘rib chiqadi*




keyingi chorak yakunlariga ko‘ra





















Qo‘mita




Tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiyalarni to‘lash uchun Moliya vazirligiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ajratilgan mablag‘larning hisob-kitoblari to‘g‘risida ariza yuboradi




3 ish kuni
ichida





















Moliya
vazirligi





Qo‘mitaning arizasini ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘ni Qo‘mitaning shaxsiy G‘azna hisob varag‘iga o‘tkazadi.

Belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya ajratish uchun Qo‘mitaga G‘aznachilikda alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi






3 ish kuni
ichida





















Qo‘mita




Pul mablag‘lari shaxsiy hisobvaraqqa tushganidan so‘ng, ularni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobiga o‘tkazadi




5 ish kuni
ichida







Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga


7-ILOVA

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

Markaz — Qo‘mita huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi;

turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini ko‘rsatish, qo‘shimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

3. Tanlov asosida tanlab olingan (keyingi o‘rinlarda — tanlov) turizm sohasining subyektlari xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalarda (keyingi o‘rinlarda — ko‘rgazma va (yoki) yarmarka) ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va o‘rnatish xarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi.

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

4. Ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida turizm sohasining subyektlarining ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan xarajatlarni Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.



2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari

5. Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) ko‘rgazmalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyekti tadbirdan 90 kalendar kun oldin Markazga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizani (keyingi o‘rinlarda — ariza) shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi.

6. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma nusxasi;

b) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar nusxalari;

v) turizm xizmatlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda olingan sertifikat nusxalari;

g) ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot va hujjatlar.

7. Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

b) qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik jarayonida bo‘lmasligi;

v) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lishi;

g) qo‘mita tomonidan ilgari o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun Qo‘mitaga qarzdorligining yo‘qligi.

8. Markaz subyektlar tomonidan taqdim qilingan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda, markazning axborot resurslaridan foydalangan holda, elektron shakldagi daftarda qayd etadi.

9. Markaz turizm sohasining subyektlari tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

10. Arizani rad qilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

a) ushbu Nizomning 5-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim qilmaslik (to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim qilish);

b) taqdim etilgan arizalar va hujjatlarda ishonib bo‘lmaydigan ma’lumotlar mavjudligi;

v) subyekt tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etish muddatlarining buzilishi;

g) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmaslik.

Markaz qaror qabul qilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida turizm sohasining subyektiga qabul qilingan qarorni yuboradi.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish