O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati,
ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar
mazmun-mohiyati
Hozirgi kunda pedagoglarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib
borilishiga alohida eʼtibor qaratish, ularga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
chuqur singdirish, taʼlim sohasiga oid qabul qilingan maʼyoriy hujjatlarning
mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish asosiy masalalardan bir hisoblanadi. Shu
sababli ular normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va kasbiy faoliyatida foydalana
olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari lozim.
Normativ-huquqiy hujjat nima?
Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari
sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga
qaratilgan rasmiy hujjat “Normativ-huquqiy hujjat” hisoblanadi. Normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari egadir.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Soʻnggi yillarda taʼlim sifatini oshirish maqsadida bir qancha me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar bilan birinchi navbatda oʻqituvchilar
vazifasiga kirmaydigan ishlardan ozod qilindi. Oʻz ustida ishlaydigan
oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun ularga imkoniyatlar berildi. Chet tili
oʻqituvchisi uchun qoʻshimcha ustama, olis hududlardagi maktablarda boshqa
hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga ish stajiga koʻra ustama,
taʼlim sifati yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun maxsus ustama, olis
hududlarga borib ishlaydiganlar uchun uy-joylarni ijaraga olganlik uchun
kompensatsiya toʻlovlari, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos
darajadagi sertifikat uchun toʻlovlar shular jumlasidan.
Hususan, 2020-yil 23-sentyabrda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda
qabul qilindi. Yangi tahridagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun 11 ta bob va 75 ta
moddadan iborat boʻlib, unda taʼlimning maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy
oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi
taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan
tashqari taʼlim turlari koʻrsatib oʻtilgan. Qonunda, shuningdek, har bir taʼlim
turining tarkibiy qismlari va bosqichlari atroflicha tasniflangan.
Aslini olganda ta‟limga oid normativ-huquqiy hujjatlar juda ham ko„p.
O„qituvchi ularning barini bilib olishga jismoniy imkoniyati yetmasligi mumkin.
Lekin, ular o„zlari ko„p bora to„qnash keladigan va kasbiy faoliyatlariga doir
normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo„lishlari talab etiladi. Demak, ta‟lim
jarayoni bilan bog„liq bo„lgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan yaqindan
tanishib chiqamiz.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
“Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini
tasdiqlash toʻgʻrisida” 187-sonli qarori. Mazkur qaror bilan umumiy oʻrta va oʻrta
maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga qo„yiladigan talablar
ishlab chiqilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni
maʼnaviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya
berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
PQ-3907-sonli qarori. Aynan mana shu qaror bilan xalq taʼlimi xodimlarini xizmat
majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan,
tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish
ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb
qilish, xalq taʼlimi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan
yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan
obuna boʻlishini tashkil etish hamda oʻqituvchilarining dars va toʻgarak
mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa
pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab
qilish qat‟tiyan taqiqlandi.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini
boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida” PF-5538-sonli Farmoni. Farmonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab
umumta‟lim muassasalari reytingini joriy qilish, maktablarda kuzatuv kengashlari
faoliyatini yo„lga qo„yish, umumta‟lim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi
organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan o„rniga
bog„liq bo„lishi belgilash va boshqa o„zgarishlar haqida aniq ko„rsatmalar berilgan.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
PQ-3931-sonli qarori. Ushbu qaror bilan 2018-yil 1-noyabrdan boshlab oliy ta‟lim
muassasalari huzuridagi xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish bo„yicha hududiy markazlar va Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg„armasi Maktabgacha va
maktab ta‟limi vazirligi idoraviy bo„ysunuviga o„tkazilgan. Shuningdek,
umumta‟lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko„chmas
mulkini O„zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‟limi vaziri bilan
kelishmasdan begonalashtirish taqiqlash, o„qituvchilarning o„z kasb faoliyatini
amalga oshirishi chog„ida huquq va erkinliklari buzilganligi to„g„risidagi da‟volar
bo„yicha davlat boji to„lashdan ozod qilinsh to„g„risida ko„rsatmalar berilgan.
5. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq
taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 997-sonli qarori. Ushbu qaror bilan ta‟lim
tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish va
xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko„rish bo„yicha yo„l xaritasi ishlab chiqilgan.
Bunda PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko„rish
bo„yicha vazifalar belgilab berilgan.
6.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi
“Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini
tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori 352-sonli qarori. Mazkur qaror
pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda
aralashuvga chek qoʻyish, taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni
aniqlash va bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qaror bilan maktablarni
tekshirishga vakolatli organlar va taraflarning huquq va majburiyatlari aniq
mezonlar bilan belgilab berilgan.
7.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy
ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 823-sonli qarori. Ushbu
qaror pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag„batlantirish, ularga
qo„shimcha ustamalar to„lash va ularni mukofotlash maqsadida qabul qilingan
bo„lib, unda pedagog xodimlarni rag„batlantirish yo„nalishlari aniq mezonlar bilan
belgilab berilgan.
8.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi
“Umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida ma‟naviy-ma‟rifiy hamda tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi 558-sonli qarori.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyada umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida
ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida maktab taʼlimini
umummilliy harakatga aylantirish, oʻquvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik,
zamonamiz qahramonlari - yoshlarga ibrat timsoli, maktab, mahalla va oila
hamkorligini mustahkamlash kabi 5 ta yoʻnalishlar belgilandi.
9. 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
44-sessiyasida qabul qilgan Bola huquqlari to„g„risidagi Konvensiya. Mazkur
Konvensiya 54 ta moddadan iborat bo„lib, ularda bolalarning huquqlari.
Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar 18 yoshga etmagan bolalarga nisbatan
qo„llaniladi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi.
Konvensiya bolani o„ziga xos huquqlarga ega bo„lgan shaxs sifatida tavsiflaydi:
yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo„yicha.
Ta‟lim to„g„risida (7-modda), zo„ravonlikdan himoya qilish to„g„risida (19-
modda), tenglik, fikr va so„z erkinligi to„g„risida (13-modda), dam olish va hordiq
chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko„rsatish va sog„liqni saqlash (24-modda),
davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar.
10.
2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to„g„risida”gi O„RQ-
139-son qonun. Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda bola (bolalar), bolaning
qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va (yoki) ruhiy
rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar kabi
tushunchalarga to„liq ta‟rif berib o„tilgan.
Konventsiyada birinchi marta bola Konventsiyani ratifikatsiya qilgan
davlatlar “hurmat qilish va kafolatlash” talab qilinadigan huquqlarga ega bo„lgan
shaxs sifatida ko„rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a‟zosi
ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini
ko„rsatadi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi.
Konvensiya bolani o„ziga xos huquqlarga ega bo„lgan shaxs sifatida tavsiflaydi:
yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo„yicha.
Ta‟lim to„g„risida (7-modda), zo„ravonlikdan himoya qilish to„g„risida (19-
modda), tenglik, fikr va so„z erkinligi to„g„risida (13-modda), dam olish va hordiq
chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko„rsatish va sog„liqni saqlash (24-modda),
davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar. O„zbekiston Respublikasi Bola
huquqlari to„g„risidagi konventsiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.
O„zbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi: O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan
«Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida» 2019-yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan
Ombudsman hozirda o„z o„rinbosariga – bolalar huquqlari bo„yicha vakilga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |