Oʻzbekiston Respublikasida qaysi tabiiy ob’yektlar boʻyicha kadastrlar yuritiladi? Ushbu tabiiy ob’yektlar kadastrlarining huquqiy asoslarini koʻrsating!


o‘simlik dunyosining davlat kadastri obyekti



Download 23,6 Kb.
bet2/3
Sana09.07.2022
Hajmi23,6 Kb.
#765968
1   2   3
Bog'liq
41-45 EH

o‘simlik dunyosining davlat kadastri obyekti — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlari, shuningdek, davlat tomonidan hisobga olinadigan tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklari;
o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri — o‘simlik dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa sifat va son tavsiflari, o‘sish muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan ma’lumotlar tizimi;
O‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining birlamchi kadastr ma’lumotlari hududni kadastr bo‘yicha tekshirish orqali to‘planadi.
Hududni kadastr bo‘yicha tekshirishda o‘simlik dunyosi obyektlari, shuningdek, ular o‘sadigan muhit haqidagi ma’lumotlar aniqlanadi.
Hududni kadastr bo‘yicha tekshirishda o‘simlik dunyosi obyektlari ro‘yxatga olinadi, ularning turlari tarkibi, son va sifat tavsiflari, o‘sish muhiti, xo‘jalikda foydalanish haqida ma’lumotlar to‘planadi, ular iqtisodiy baholanib, hududlarga tarqalishining xarita-sxemasi tuziladi.
Qayd etilgan ma’lumotlar o‘simlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa ma’lumotlarni kitobiga kiritiladi hamda o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini shakllantirish va yangilash uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
O‘simlik dunyosi obyektlari o‘sadigan muhit hududi kadastr bo‘yicha besh yilda bir marta tekshiriladi.
Tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, yong‘inlar va boshqa hodisalar oqibatlari o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishiga olib kelsa, ularning salbiy ta’siriga duchor bo‘lgan hududlar kadastr bo‘yicha navbatdan tashqari tekshiriladi.
O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr ma’lumotlarini to‘plashning oldingi (dastlabki yillarda to‘plash), asosiy (birlamchi) va joriy (har yilgi) turlarini o‘z ichiga oladi va bu turlar ushbu ma’lumotlarni uzluksiz yangilanishini ta’minlaydi.
Birlamchi ma’lumotlar asosida o‘simlik dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi birlamchi kadastr ma’lumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.
Kadastr ma’lumotlarini joriy (har yili) to‘plashda birlamchi ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng ro‘y bergan keyingi barcha o‘zgarishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.

43. Tabiatdan foydalanishga atrof tabiiy muhitni yashash uchun yaroqli holda saqlash, tabiiy resurslardan belgilangan tegishli normativlar doirasida foydalanish va qayta tiklanadigan va qayta tiklanayotgan tabiiy resurslar qayta tiklanishini ta’minlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.


Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solishda qanday shartlarni oʻrnatadi?
16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari
Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va o‘sish muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari
Tuproq deyilganida yer qobig‘ining tiriklik uchun foydalaniladigan va o‘simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi.
Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy o‘simliklardan hosil olish uchun foydalaniladi.
Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak.
18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yo‘l qo‘yiladi:
qazib olishda yer osti boyliklari va foydali qazilmalar hamda ularga qo‘shilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanish ta’minlansa, shuningdek atrof-muhit va yer qa’ri ifloslanishining oldi olinsa;
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida holati o‘zgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanilsa;
yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;
foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari bo‘yicha, shuningdek mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lsa;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lsa yoki yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim mavjud bo‘lsa;
foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil bo‘ladigan va sig‘diradigan jinslar ag‘darmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli ta’sir ko‘rsatishi ta’minlangan holda joylashtirilsa.
19-modda. Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativda ko‘rsatilgan darajada tozaligini ta’minlash, suv o‘simliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Mahalliy hokimiyat idoralari, o‘rmon va suv xo‘jaligi idoralari daryo irmoqlari hosil bo‘ladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni ko‘paytirishlari hamda ularning saqlanishini ta’minlashlari shart.
20-modda. Atmosfera havosidan foydalanish shartlari
Atmosfera havosi deyilganida O‘zbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo bo‘shlig‘i tushuniladi. Havodan foydalanishga muayyan hudud havosining sifatini o‘zgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki siyraklashtirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Xalqaro bitimga muvofiq vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari va kelgusida batamom to‘xtatishlari shart.
21-modda. Jonli tabiat obyektlaridan foydalanish shartlari
Jonli tabiat deyilganida tabiiy o‘simliklar, shu jumladan o‘rmon, tabiatda erkin yashaydigan hayvonlar va boshqa jonli organizmlar tushuniladi.
Jonli tabiat obyektlaridan:
ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash;
ularning xilma-xil turini va to‘dalarining barqarorligini saqlash;
atrof tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan foydalaniladi.
22-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda olib boriladi.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi.
44. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra ba’zi ob’yektlarning tabiiy resurslarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tugʻilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli ta’sir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda esa tugatilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

Download 23,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish