41. Oʻzbekiston Respublikasida tabiiy resurslardan foydalanishga oid munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinadi. Davlat tabiiy resurslarni boshqarishda tabiiy resurslar kadastrini, monitoringini yuritishni tartibga soladi.
Oʻzbekiston Respublikasida qaysi tabiiy ob’yektlar boʻyicha kadastrlar yuritiladi? Ushbu tabiiy ob’yektlar kadastrlarining huquqiy asoslarini koʻrsating!
Davlat kadastrlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni 6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.
42. Hayvonot va oʻsimlik dunyosining davlat kadastri ularning soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ularni iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi hisoblanadi.
Oʻsimlik dunyosi va hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishning huquqiy asoslari nimalardan iborat? Ularning davlat kadastri qanday yuritiladi?
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom:
hayvonot dunyosining davlat kadastri obyekti — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvon;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi;
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi:
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr ma’lumotlarini to‘plashning oldingi (dastlabki yillarda to‘plash), asosiy (birlamchi) va joriy (har yilgi) turlarini o‘z ichiga oladi va bu turlar ushbu ma’lumotlarning uzluksiz yangilanishini ta’minlaydi.
Birlamchi ma’lumot asosida hayvonot dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi birlamchi kadastr ma’lumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.
Kadastr ma’lumotlarini joriy (har yili) to‘plashda birlamchi ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng ro‘y bergan keyingi barcha o‘zgarishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tegishli vakolatli bo‘linmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlari hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga tegishli hududlar bo‘yicha kiritiladi va Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |