Bioxilma-xillikni saqlash va qonunchilik
Ma’lumki, 1992 yilda BMTning Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilindi. O‘sha paytda ushbu hujjat 156 ta davlat tomonidan imzolanib, 1993 yildan boshlab xalqaro hujjat sifatida kuchga kirdi. Unda biologik xilmaxillikni saqlash, uning komponentlariga ziyon etkazmasdan foydalanish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Zero, flora va fauna boyliklari har bir davlatning hayotiy resursidir. Shunday ekan, bu ne’matni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, kelajak avlodga bekamu ko‘st etkazish rivojlanishga erishishning mutlaq zaruratidir.
Mamlakatimizda ham tabiat muhofazasi, bioxilmaxillikni asrab-avaylashga katta e’tibor qaratib kelinayapti. Buning uchun zarur tashkiliy-huquqiy poydevor yaratilgan. Konstitutsiyamizda yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik ekani, ulardan oqilona foydalanish zarurligi hamda ular davlat muhofazasida ekanligi alohida belgilab qo‘yildi. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Ayni chog‘da O‘zbekiston bir qator xalqaro hujjatlar bilan birga, BMTning Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shildi.
Mazkur mustahkam huquqiy hujjatlar biologik xilmaxillik ob’ektlarini bus-butunligicha saqlab qolish, o‘simlik va hayvonot dunyosi, ulardagi muhitni kompleks muhofazalash, shunday hududlarni kengaytirish, yangilarini bunyod etish va ularning ish samaradorligini oshirishda dasturilamal bo‘lmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida biologik xilmaxillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi ishlab chiqilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Undagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yangidan tashkil qilish va mavjudlarini kengaytirish, bunday hududlarda faoliyat yuritishning iqtisodiy mexanizmlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda olib borish, bioxilmaxillikni muhofaza etish va unga ziyon etkazmasdan foydalanish ishida keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kabi mexanizmlarni rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar shular jumlasidandir.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 15700 ga yaqin hayvon, 4500 ta yuksak o‘simlik turi uchraydi. Muhofaza qilinadigan hududlar esa ularni saqlash, qayta tiklash va ulardan foydalanishda katta yordam beradi. SHu bois mamlakatimizda ularni yanada kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar bajarilayotir. 1995 yilgacha bunday hududlar respublika umumiy maydonining 2 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ayni vaqtga kelib mazkur ko‘rsatkich 5,2 foizga etkazildi. Boshqacha aytganda, hozirgi kunda respublikamizda 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 2 ta milliy tabiat bog‘i, bitta davlat biosfera rezervati, 12 ta buyurtmaxona, 7 ta davlat tabiat yodgorligi, hayvonlarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan 3 ta pitomnik mavjud.
Shu bilan bir qatorda, endilikda jabhada turlarni maxsus ko‘paytirish yo‘nalishiga ham alohida e’tibor berilmoqda. Yurtimiz o‘simlik olami ham noyobligi, shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Ya’ni floramiz tarkibidagi turlarning 700 tasi efir saqlovchi hisoblanadi, 100 tasi zamonaviy tibbiyotda, 1500 tasi esa xalq tabobatida qo‘llaniladi. SHularni inobatga olsak, ularni sun’iy usulda etishtirish davr taqozosidir. Bugungi kunda bir qancha davlat va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani diqqatga sazovor.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda dunyoda turli omillar qurg‘oqchilik, cho‘llashish, degradatsiya kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Oqibatda bioxilmaxillikning ajralmas bo‘g‘ini — hayvonot va nabotot turlari soni kamayishi, yashash muhitlaridagi ahvolning yanada keskinlashuvi kuzatilmoqda. Mazkur vaziyat, albatta, yovvoyi turlar muhofazasini yanada takomillashtirish, mutaxassislar, keng jamoatchilikning mas’uliyatini kuchaytirishni talab etadi. Binobarin, 2010 yilda Yaponiyaning Nagoya shahrida BMTning Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi tashkil etildi. Unda 2011 — 2020 yillar “Biologik rang-baranglikning 10 yilligi” deb e’lon qilindi. shu asnoda aniq maqsadga qaratilgan strategik rejalar muhokamadan o‘tkazilib, davlatlarning qo‘riqxona va milliy bog‘lari hududini quruqlikda 17, dengiz qo‘riqxonalarini esa 10 foizgacha kengaytirish rejalashtirildi. Bu esa atrof-muhit musaffoligi, bioxilmaxillikni ta’minlash hamda ekoturizmni rivojlantirish imkonini beradi.
O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolari ham ushbu yo‘nalishni o‘zlari uchun ustuvor deb biladi. Ular tomonidan tegishli qonun normalari ijrosi nazorat-tahlil faoliyati tartibida muntazam o‘rganib kelinmoqda. Shular asosida ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqilayapti, qarorlar qabul qilinmoqda.
Ekoharakat va deputatlar guruhi tomonidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish esa aholining biologik xilmaxillikni saqlash va undan oqilona foydalanish sohasidagi bilimlarini oshiradi, tabiatni asrashdek mas’uliyatli yumushga yanada faollik bilan kamarbasta bo‘lishga undaydi.
Muxtasar aytganda, yurtimizda bioxilmaxillikni muhofaza qilishga qaratilgan ezgu ishlar ekologik barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.
0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.
Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.
Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.
Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.
O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.
Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.
20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.
1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.
Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.
Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.

Do'stlaringiz bilan baham: |