O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda



Download 0,5 Mb.
bet3/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн

Tayanch so‘z va iboralar:Madaniyat, musiqa, adabiyot, tasviriy san'at, me'morchilik, teatr, kinomotografiya, madaniyat muassasalari, madaniyat sohasida faoliyat, boshqaruv, davlat organlari, tamoyillar

Nazorat uchun savollar:

1.Madaniyat tashkilotlari haqida malumot bering.

2.Ijodiy faoliyat qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?

3.Madaniyat sohasining huquqiy maqomi deganda numani tushunasiz?

4.Nomoddiy madaniy merosga misollar keltiring.

5.Madaniyat tushunchasi dastlab qanday shaklda bo’lgan?



1.2. Madaniyat sohasining huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi bugungi taraqqiyot davriga mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab qonun ustuvorligini ta'minlanishi asosida yetib keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, adolatli jamiyatda har qaday faoliyat muayyan qonun-qoidalarga tayanib amalga oshiriladi. Ushbu qonunlarning birinchi vazifasi muayyan sohadagi munosabatlarni tartiga solishdan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosini ham birinchi navbatda madaniyat sohasi bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun, qaror va boshqa me'yoriy hujjatlar tashkil etadi.

Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etuvchi huquqiy asoslarni qonun, qonunosti hujjatlar va davlat dasturlari kabi uch yirik guruhga ajratib o‘rganish lozim.

O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning barcha sohalari qatori madaniyat sohasi taraqqiyoti ham asosiy qomus Konstitutsiyasiga kiritilgan xalqchil normalar bilan yuzaga keladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 42-moddasida har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.

Konstitutsiyaning 49-moddasiga ko‘ra o‘z navbatida fuqarolar ham O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburliklari, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, 2001-yil 31-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra mamlakatimiz hududidagi madaniy meros obyektlaridan foydalanish, ularni muhofazalash masalalari hal etiladi.

O‘zbekistonda madaniyat sohasining eng muhim obyekti bo‘lgan muzeylarning faoliyati 2008-yil 12-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni asosida tashkil etiladi. Qonunda muzey foliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq normalar kiritilgan.

2011-yil 13-aprelda qabul qilinganO‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni aholining axborot kutubxona xizmatidan foydalanishini tartibga solish bilan bir qatorda madaniyat sohasi rivojiga salmoqli ta’sir o‘tkazdi.

1999-yil 14-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonuni nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini kafolatlaydi.

Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.

Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo’l qo‘yilmaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1) nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish;

2) nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish), ularning faoliyat ko‘rsatishi va faoliyatini tugatish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratib berish;

3) nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

4) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro ijtimoiy hamkorlik;

5) nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasini tartibga solishda, xususan, konsert, tomosha ishlarini tashkil etishda reklama xizmatiga ehtiyoj seziladi. Bunday vaziyatda 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan bir qator normalar jarayonni maqsadli tashkil etishga ko‘maklashadi. Masalan, mazkur qonunning 12-moddasida homiylik masalasi bilan bog‘liq holat kiritilgan bo‘lib, teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot vostitalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin.

Reklama televideniya va radio audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning nomi (nomlanishi) yonida homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin. Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Homiylik ko‘rsatayotgan shaxsning faoliyatiga homiy aralashishga haqli emas.

Shuningdek, davlat madaniy tadbirlari, madaniyat muassasalari faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy reklamalarni tayyorlash va tarqatish masalasi ham qonunning 16 -moddasida yoritilgan. Jumladan, ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga doir axborot, shuningdek, notijorat yo‘sindagi boshqa axborotdir.
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi xayriya faoliyati deb e'tirof etiladi. Bunday hujjatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar. Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda 2014-yil 14-sentabrda qabul qilingan «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunning muhim ahamiyat kasb etdi.

«Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun 5 bob va 30 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bob umumiy qoidalarga bag‘ishlangan. Ushbu bobda qonunning maqsadi, ijtimoiy sheriklikning tushunchasi, subektlari, asosiy prinsiplari va sohalari ochib berilgan.

Xususan, qonunning 3-moddasida ijtimoiy sheriklikka quyidagicha ta’rif berilgan: «Ijtimoiy sheriklik – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir».

Qonunga muvofiq ijtimoiy sheriklikning subyektlari sifatida bir tomondan davlat organlari, ikkinchi tomondan esa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etadilar.

Qonunning 2-bobi ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Unda ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari sifatida:

– ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki;

– nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;

– ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish;

– ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

– ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish kabilar belgilanib, ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari ko‘rsatilgan.

2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni jamiyatning boshqa sohalari qatori madaniyat sohasi vakillari oldiga muhim vazifalarni qo‘ydi. Yoshlarni ijodga jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ijod maktablarini takomillashtirish, yosh avlodni madaniy meros bilan yaqindan tanishtirish shular jumlasidandir.

2019-yil 18-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni madaniy turizm ni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasida ilk bor 2020yil “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinmoqda.

Mamlakatda madaniyat va san'at sohasini jadal rivojlantirishning mutlaqo yangicha samarali tizim yaratildi. Aytish kerakki, avvallari bu sohada yakdil, uning hamma yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qonun darajasida hujjat bo‘lmagan. Madaniyat sohasidagi faoliyatlar 29 yil davomida qonunosti hujjatlar bilan tartibga solib kelindi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, xorijiy mamlakatlarda, jumladan Rossiya Federatsiyasida, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Moldaviya, Armaniston va Ukraina kabi Respublikalarda madaniyat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan barcha huquqiy normalarni o‘z ichiga qamrab olgan «Madaniyat to‘g‘risida»gi yagona qonunlari qabul qilingan. yevropa mamlakatlarida, jumladan, Germaniyada 2016-yilda «Madaniy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lsa, Italiyada «Madaniy qadriyatlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan.

Shuning uchun, ushbu sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida xalqaro va xorijiy tajribani o‘rgangan holda 2021 yilning 20 yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ta’kidlab o‘tish joiz madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagani turli e'tirozlarga sabab bo‘layotgandi. Mazkur Qonunda madaniyat sohasida davlat siyosatining maqsadi va asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mazkur yo‘nalishdagi huquqiy munosabat ishtirokchilarini aniqlash va ularning vakolatlarini belgilash, iste'dod egalari va madaniyat muassasalarining huquqiy maqomini belgilash, madaniyat tashkilotlarini davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqa va hamkorligini takomillashtirish va boshqa qator muhim huquqiy normalarni qamrab olingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, «O‘zbekkino» milliy agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlar sifatida ko‘rsatilib, ularning vakolatlari belgilangan.

Shuningdek, Madaniyat tashkilotlari, Madaniyat tashkilotlarining asosiy toifalari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning madaniy faoliyat sohasidagi huquq va majburiyatlari, Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining madaniy faoliyatida ishtirok etishi, Olis hududlarda madaniyatni rivojlantirish, Madaniyat xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va ularni rag‘batlantirish, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlariga «Milliy» yoki «Akademik» maqomini berish, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlik, teatr, sirk faoliyatiga doir va boshqa bir qator sohaga oid normalar aks etgan.

Qonunning yana bir muhim jihati, madaniyat markazlariga oid normalar kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra sohada xalq ijodiyotini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, yangi iste'dodlarni kashf qilish, ommaviy bayramlar, tomoshalar hamda xalq sayillarini tashkil etish masalalarida tizimli faoliyat yuritish belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qonun bilan «madaniyat xodimi», «ijodkor», «ijodiy jamoa», «ijodiy faoliyat», «madaniy tadbirlar», «madaniy tadbir tashkilotchisi» kabi tushunchalariga ilk marotaba aniq ta'rif berilgan.

Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan har bir qonun xalq madaniyati, xususan, turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Madaniyat vazirligi va boshqa vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ–1271-son qarori bilan tasdiqlangan «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, 2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish asosida aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar, barcha yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2011- 2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli qarori qabul qilindi. Bunga ko‘ra, respublika hududidagi bir qator madaniyat va istirohat bog‘lari qayta ta'mirlandi, faoliyati yangicha uslubda tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunga taraqqiyotning yangi bir davri boshlandi. Bunda birinchi navbatda mamlakatda besh yillik faoliyat strategiyasini belgilab bergan “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” muhim ahamiyat kasb etib, jamiyatning barcha sohalarini o‘zaro bog‘liqlikda faoliyat yuritishi uchun muhim shart-sharoitni yaratib berdi. Bu o‘zaro hamkorlik natijasida davlat, jamiyat mazmuni tubdan o‘zgarib, davlatchilikda jahonning ilg‘or tajribalari, milliy an'ana va qadriyatlar uyg‘unligi asosida fuqarolarning huquq va manfaatlarini ifodalab, ong,tafakkuri ozod inson shaxsini tarbiyalashning provard maqsad qilib olganini ko‘rsatmoqda.



“Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiyharakatlar dasturidir.Buhujjathozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. O‘z navbatida jamiyat a'zolaring ham dunyoqarashlarida tub burilish yasab ezgu maqsad va intilishlarini yanada quvvatlantirdi. Harakatlar strategiyasi mana shu xossalari bilan bugungi axborotlashgan, turli ma'naviy tahdidlar ortib borayotgan dunyoda rivojlanish va tezkor zamon talablari moslashishda ilmiy-nazariy, metodologik asoslarni belgilab beruvchi dasturilamal bo‘lmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 31- dekabrda “Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan jamiyatnig ma'naviy yangilanishida ijtimoiy-madaniy faoliyatning o‘rni yorqinroq namoyon bo‘la boshladi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4307-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining tarkibi, ishchi organi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son qarori bilan ta'lim tizimida ijtimoiy-madaniy faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmlari amaliyotga qo‘llanila boshladi. Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha 6 ta yo‘nalishdan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PQ-4038-sonli qarori bilan madaniyat tizimida ijtimioy-madaniy faoliyat imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, aholining turmush madaniyatini yuksalishiga salmoqli ta'sir etish mexanizmlari ishlab chiqildi. Shuningdek, madaniy xizmat ko‘rsatishning yangi tuzilmasi madaniyat markazlari tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasini isloh qilish, madaniyat ta'limini rivojlantirish, xususan, madaniyat sohasida innovatsiyalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bir qator qaror, farmonlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, 2017-yil 16-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3325-sonli qarori, 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3892-son qarori, 2018-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, «Bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida» 2015- yil 20- noyabrdagi PQ-2435-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-son qarori, 2017-yil 11-dekabrdagi 2017 - 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 975-son qarori, 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qarori, 2019-yil 9-yanvardagi “ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-sonli qarori, 2019 -yil 20-martdagi «Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi 236-son qarori, 2019-yil 30-martdagi “Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 264-son qarorini qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda, madaniyat ta'limida fan, ta'lim ishlab chiqarish integratsiyasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son farmoni O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasidagi muhim islohotlari yangi davrini boshlab berdi.

Yuqorida tahlil qilib o‘tilgan barcha qonun, qaror, farmonlar O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning zaruratini ifodalash bilan bir qatorda uni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishda huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Har bir sohaning taraqqiyotini esa yuksak kasbiy malakaga ega kadr belgilar ekan, bu bilan bir tomondan madaniyat ta’limida fan ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ta'lim sifatini oshirib raqobatbardosh kadrlar tayyorlansa, ikkinchi tomondan mazkur huquqiy manbalarning to‘la xalq manfaatlari yo‘lida ijro etilishini ta'minlaydi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish