9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi
131. O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi malaka darajalarining yagona shkalasini, ularni egallashni ta’minlovchi ta’lim dasturlari va kasbiy ta’lim natijalariga talablarni belgilaydi.
132. Milliy malakalar ramkasi asosida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda tegishli malaka darajalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarmoqlar malakalar ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
133. Tarmoqlarning malakalar ramkalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va dolzarblashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan metodik tavsiyanomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |