Jamoatchilik ekspertizasining maqsadi nimadan iborat va ekspertizani amalga oshirishda qanday vazifalarni hal etish kerak?
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavur qilish qiyin. SHuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish fursati etdi.”
Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan bo‘lsa ham, shunday qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash;
jamiyat manfaatlarini himoya qilish”.
Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratiningvazifalari quyidagicha tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash;
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”.
Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shuo‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi.
Ekspertiza, jumladan, jamoatchilik ekspertizasi to‘rt funksiyani bajaradi:
Diagnostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning holatini aniqlashni ifodalaydi.
Axborot-nazorat funksiyasi. Mazkur funksiya ob’ekt va uning atrofidagi muhit haqidagi axborotni o‘rganish, uning to‘g‘riligiva ishonchliligini aniqlash. Agar axborotda noaniqlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, ularga tegishli tuzatishlar kiritishni bildiradi.
Prognostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda qanday holatga o‘tish ehtimolini aniqlashni bildiradi.
Loyihalash funksiyasi. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektni ekspertiza qilish natijalariniijtimoiy loyihalash va qarorlar qabul qilishda qo‘llashni nazarda tutadi.