O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HUJJATCHILIKNING TAKOMILLASHUVI
Reja:
O’zbekiston respublikasida hujjatchilikgi
Hujjatchilik va uning tarixi
Tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida yuritiladi. 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSR ning Davlat tili haqida”, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respeblikasi qonunining 7 – moddasida “O’zbekiston SSRda muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika Davlat tilida yuritiladi” deb yozilgan va 22– moddasida ish qog’ozlarining matnlari o’zbek tilida bo’lishi talabi qo’yilgan ekan, bu vazifalarni amalgam oshirish qandaydir o’zboshimchalik va o’zbilarchilik tarzda borishi kerak emas. Aks holda, u hujjatlarda xilma – xillikka va idoralararo tushunmovchilikka olib keladi (1993 yilining 2 – sentyabrida Davlat tili haqidagi qonun O’zR Oliy majlisida qayta ko’rib chiqildi va lotin alifbosiga o’tish lozimligi ko’rsatildi).
Tom ma’noda o’zbek hujjatchiligini bugungi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirish uchun ham markazlashtirilgan holda katta ishlarni amalgam oshirish, aniq tashkiliy tadbirlar belgilash kerak. Rus hujjatchiligida bugu tarkib topgan anchayin mukammal tizimga qanday tashkiliy ishlar, aniq chora – tadbirlar oqibatida erishilgan bo’lsa, ana shu tashkiliy – tadbiqiy ishlarnibizda ham tezlik bilan boshlab yubormoq lozim.
Ma’lumki, muayyan bir hujjat turi turli xizmat vaziyatlarida turli ko’rinishlarga ega bo’ladi, garchi bunda ularning zaruriy qismlari o’zgarmasada, axborot bayoni mazkur xizmat vaziyatiga muvofiq ravishda qisman o’zgaradi. Ana shularni hisobga olib, ayni bir hujjat turining faqat bittagina namunasi emas, balki turli xizmat vaziyatlarini aks ettiruvchi bir necha namunalari berilgan. Bu namunalardagi familiya va ismlar, tashkilotlarning nomlari, ularning manzillari, asosan shartli ravishda olib o’rganiladi. Ayrim aniq nomlarga ham shartli misol tarzida qarash lozim bo’ladi.
Hujjatlarni takomillashtirish xodimlarni nutq malakasini egallashga, turli ish qog’ozlarini mustaqil, turli va savodli yozishni o’rgatishga ko’mak beradi. Ish yuritish hujjatlarini yozishni o’rganish uchun quyidagilarni bilish zarur:
avvalambor hujjatning yo’nalishi va uning tuzilishi bilan e’tibor berib tanishish lozim;
hujjat namunasi matnini o’qiganda uning mohiyatini bilishga harakat qilish, axborot dalillari bayoni izchilligiga, abzatslar joylashishiga va tinish belgilar qo’yilishiga e’tibor berish kerak;
yangi hujjat yozishga kirishganda “e’tibor bering” sarlavxasi ostidagi matn bilan albatta tanishing va unga rioya qiling;
notanish so’zlarning ma’nosini izohli va ruscha – o’zbekcha lug’atlaridan foydalanilgan holda aniqlash kerak.
Hozirgi vaqtda tashkilot (firma) faoliyati haqidagi a xborotlarni yuqori darajaga yetkazib berish, tashkilot (firma) ning o’zaro bog’liq bo’limlari orasidagi axborotlarni o’zaro ayirboshlash va uzatish zamonaviy EXT va vositasi orqali amalga oshiriladi. Ko’pchilik tashkilotlar uchun ichki bo’lim axborot tizimi texnologik jarayonni tashkil etish masalalarini xal qilish ularni ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ahamiyatiga ega ekenligini bildiradi. Tashkilot (firma) ichki axborot tizimi axborotlarga ega bo’lgan talab va turli darajalardagi boshqaruvchilarni unga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun axborot jarayonining to’plamini ifodalaydi.
Hozirgi davrda axborotlarni uzatish, tarqatish va baholashda, shuningdek rejalash va nazoratni amalgam oshirishda:
katta hajmli EXM va shaxsiy kompyuterlardan;
mitti protsesorlardan;
telekommunikatsiya;
elektron yozuv mashinalari, kompyuterlar va mikroexmlarga o’rnatilgan qurilmalardan;
matnli axborotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash vositalaridan foydalanish katta samara beradi.
Zamonaviy sharoitda EXMlar raqamsiz axborotlari (matnli va grafiklar) qayta ishlashda qo’llanilmoqda va “hisoblash texnikasi” termini, kompyuter yordamida yechiladigan masalalarga mos kelmay qoladi.
Zamonaviy EXMlar bir vaqtning o’zida matnli, raqamli va grafikli axborotlarni qayta ishlash qoboliyatiga ega.
EXMdan foydalanish ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) nazorati tizimida muhim o’rin tutadi. Nazorat jarayonlarida o’rnatilgan EXMlar, jarayonlar sifatini tekshiradi.
Kompyuter inqilobi hozirga kelib barcha boshqarish va nazorat ishlarini avtomatlashtirish imkonini berib, nazorat bo’yicha tezda yechimlar qabul qilish va uzilishlarni bartaraf qilishda ahamiyat kasb etmoqda, ammo boshqarishda asosiy omil hamon “inson omili” bo’lib qolmoqda, chunki barcha ma’lumotlar, hujjatlar orqali oxirgi yechimni qabul qilish inson orqali amalgam oshiriladi.
Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho‘rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo‘lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog‘ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida yuritishga o‘tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor, albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.
Ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o‘quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog‘ozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o‘z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so‘ng ishga tushganligi to‘g‘risida bildirishnoma yozishi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo‘ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo‘yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to‘g‘ri rasmiylashtira olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |