Bu usulning farqlovchi tomoni shundaki, qoliplarning tikka joylashishi va mahsulotni quyish. Kassetlar qolipi bolimlar qatorlardan tashkil topgan. Bo‘lish devorlari konstruksiyasi bo‘yicha kasset qurilmalari metall va temir-betondan bolishi mumkin. Ko‘p hollarda kasset devorlari ichi bo‘sh tik holdagi shitlardan tayyorlanadi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov beruvchi bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchi orqali uzatiladi. Kassetlarning boluvchi devorlari yaxlit metall listlardan tayyorlangan bolishi mumkin. Kasset qurilmalarni yig‘ish mexanik yoki gidravlik usulda bajariladi. Betonni zichlash kassetning yon tomonidagi boluvchi devorlariga o'rnatilgan titratgich yordamida olib boriladi. Vertikal kassetli qurilmalarga oddiy gorizontal qoliplardagi qurilmalardan ko‘ra talab keskin pasayadi, umumiy ishlab chiqarish sikli pasayadi, ko‘pchilik ishlab chiqarish operatsiyalari (quyish, issiqlik bilan ishlov berish) bir qurilmada olib boriladi, bu bilan zavoddagi tayyor ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi oshadi. Kasset usulda buriash kameralari kerak emas, mahsulotni titratgich va betonga joylash, qotirish vazifalari yopiq sharoitda bajariladi, ya’ni yaxshi sharoitda olib boriladi. Kamchiliklari: kasset qurilmalar vaqti-vaqti bilan ishlaydi, shuning uchun qolipni qaytadan ishlatish zarurati tuyiladi. Agar kassetlar konveyer ish tartibiga o‘tkazilsa, uning noqulay sifatlari bartaraf etilishi mumkin. Bunday kassetlar tik o'rnatilgan to'siqlar to'plamidan iborat bolishi kerak. Qolipga qorishmani quyish kassetning bir tomonidan olib borilsa, boshqa bir tomonida esa qolipdan ko'chirish olib boriladi. Issiqlik bilan ishlov berishni qurilmaning o'rta qismidagi holatidan boshlash kerak. Issiqlik bilan ishlov berish kassetlaming to'sish devorlari sonini aniqlab beradi. Bunday qurilma uzluksiz konveyer ta’sirida ishlab chiqarishni ikki marta oshiradi va quyish, ortish, yig'ish va devorlarni tozalash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradi. Yuqori darajada texnologik jarayonlami mexanizatsiyalashtirishga intilish zavodda yig'ma temir-beton mahsulotni tayyorlash, turarjoy, sanoat qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda beton quyishning yangi usullarini maxsus qollanmada bajarishga olib keladi. Bu qurilmada betonni zichlash, titratish plitasi va shtamplar yordamida mahsulotning yuqori qismida bajariladi. Bunday usulga titratib o'tkazish, titratib siqish, titratib bo'shliq yaratish yordamida quyish va boshqalar kiradi. Quvur va quvursimon temir-beton konstruksiyalami quyish quyidagi usullarda olib boriladi: sentrifuga (markazdan qochma) usulda titratib quyish gorizontal va vertikal holatda olib boriladi. Quyishning yana aralash usuli ham qollaniladi. Bosimli va yuqori bosimli quvurlarni tayyorlash uchun o'zini zo'riqtiruvchi sement yordamida quyish usuli mavjud Foydalanilgan adabyotlar 1. KMK 3.03.04—98. Yig‘ma tem ir-beton konstruksiya va buyumlarni ishlab chiqarish 2.УзРСТ 702—96 Панели стеновые внутренные бетоные и железабетонные для жилых и общественных зданий. 3. Уз РСТ 679—96. Бетоны. Правила подбора бетона. 4. Б аж енов Ю . М ., К омар А. Г. Технология бетоных ва железобетонных изделий. — М. Стройиздат, 1984
Do'stlaringiz bilan baham: |