Tayyorlash texnologiyasidan unisi yoki bunisini tanlash buyumning shakli, uning o'lchami, og'irligi, betonning turi va armatura qo'yilish usuliga ko'ra tanlanadi. Korxonaga rentabel ishlash imkonini beradigan eng maqbul ishlab chiqarish quvvatini tanlash qo'yilayotgan mablag'ning hajmi, mahsulot tannarxi va transport xarajatlariga ko'ra belgilanadi. Korxona ishlab chiqarish quiymati ikki marta oshirilganda umumiy mablag' sarfi 15—20%, yig'ma temir-beton buyum larining tannarxi esa 5—8% kamayadi. Ma’lum bir qurilish turi (uy qurilishi, sanoat) uchun lozim bo'ladigan barcha ahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan temir-beton buyumlari zavodida bir nechta texnologik liniyalar mavjud bo'Iib, ularning har birida ma’lum bir buyum tayyorlanadi va bunday usul ishlab chiqarishni tejamli ishlaydigan qilib tashkil etish imkonini beradi. Temir-beton buyumlari sanoatida tayyorlanayotgan buyumning nomi va ko'rinishiga ko'ra korxonalar quyidagicha bo'linadi: ixtisoslashgan korxona — uy qurilishi korxonalari; yirik panelli uy qurilish korxonalari va sexlari; hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari; zavod qurish kombinatlari; qishloq xo'jaligi qurilishi korxonalari; quvur, shpal, elektr ustunlari va boshqa mahsulot turlarini chiqaruvchi to r ixtisosli zavodlar; temir-beton buyumlari chiqaruvchi universal zavodlar; sanoat korxonalari kombinatlari; temir-beton buyumlari poligonlari. Ixtisoslashgan korxonalar (kombinat va zavodlar) bino va inshootlar montaji uchun lozim bo‘ladigan umumiy buyum va konstruksiyalami ishlab chiqaradi. Bunday korxonalaming ba’zi texnologik liniyalari ma’lum bir detalni ishlab chiqarishgagina ixtisoslashgan bo'ladi. Uy qurilishi korxonalari turli ko‘rinishdagi uylar uchun lozim bo‘ladigan buyum turlari va qurilmalarni tayyorlaydi. Bular sirasiga ichki, tashqi devor panellari, tosh qoplamalari, sanitar-texnik kabinalar, zinapoyalar, qo'shimcha elementlar kiradi. Shuningdek, korxonalarning montajini ham bajaradi. Uy qurilishi korxonasining mahsuloti — tayyor uy bo'ladi. Mamlakatimizda yirik panelli uy qurilishining katta tajribasi to‘plangan va yiliga 100—140 ming m2 uy qurilishiga mo'ljallangan kom binatlarning umumiy loyihalari ishlab chiqilgan. Bunday korxonalarda turli tipdagi 9—16 qavatli uylar tayyorlanadi. Hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari uy va jamoat binolari qurilishi uchun tayyor temir-beton elementlarini yetkazib beradi. Zavod qurish kombinatlarida sanoat inshootlari uchun umumiylashtirilgan buyum turlari tayyorlab chiqariladi. Bular sirasiga fermalar, kran osti balkalari, ustun, devor va tom panellarini kiritish mumkin. Bunday korxonalaming ishlab chiqarish qiymati yiliga 200 ming m3 temir-beton buyumlarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |